Maktab ta’limi vaziri pedagoglarni “Tashabbusli budjet”da ovoz yig‘ishga jalb qilish noqonuniy ekanini eslatdi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova pedagoglarni “Tashabbusli budjet” doirasida ovoz yig‘ishga majburlash va ulardan bu uchun pul yig‘ish noqonuniy ekanini eslatdi. Agar pedagoglar shunday holatlarga duch kelsa, vazirlikka murojaat qilishlari mumkin, dedi vazir. gazeta.uz »

