Ðåçóëüòàòîâ: 11

Toshkentda qoidabuzar haydovchi qo‘ng‘iroq orqali javobgarlikdan qutulib qoldi. Videosi tarqalgach — jazolandi

Toshkentda noqonuniy tonirovkali Malibu haydovchisi telefon qo‘ng‘irog‘i orqali jazodan qutulib qoldi. Holat videosi internetda tarqalgach, qoidabuzarga jarima belgilanib, mashinasi olib qo‘yildi. YPX xodimi kim bilan gaplashganiga aniqlik kiritilmadi - “YHXXda telefonda gaplashishga chora ko‘rish vakolati yo‘q”. gazeta.uz »

2025-9-9 17:40

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” kunida maktab o‘quvchilari avtomobil boshqargan 384 ta holat aniqlandi

24-may kuni YHXX kechgacha reyd o‘tkazib, voyaga yetmaganlar avtomobil boshqargan 384 ta holatni (ularning 115 tasi Toshkent shahrida) aniqladi. Avvalroq prezident guvohnomasiz mashina haydab YTHga uchragan o‘quvchilar haqida gapirib, bunda ichki ishlar boshliqlari va prokurorlarning sustkashligini aytib o‘tgandi. gazeta.uz »

2025-5-26 14:32

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida o‘quvchilarning valsga tushishini taqiqlash bo‘yicha topshiriq berilmagan — vazirlik

Ta’lim vazirligi 25-may kuni bo‘lib o‘tadigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida o‘quvchilarning valsga tushishi taqiqlanmaganini ma’lum qildi. “Lekin ayrim ota-onalarning haqli e’tirozlarini inobatga olgan holda tadbirlar ssenariylariga tegishli taqiqlovchi talablar kiritilishi mumkin”, - deydi vazirlik. gazeta.uz »

2025-5-13 16:19

Maktab ta’limi vazirligi “So‘nggi qo‘ng‘iroq”ni o‘tkazish bo‘yicha an’anaviy tavsiyalarni berdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq”ni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalarni e’lon qildi. Unda restoran, xonadonlarda “Bitiruv oqshomi”ni o‘tkazish, sovg‘aga pul yig‘ish, bayramga qimmat kiyim sotib olish, yengil mashinalarda sayr, guruh bo‘lib bog‘ va suzish joylariga borish taqiqlanadi. gazeta.uz »

2024-5-14 08:55