Ðåçóëüòàòîâ: 253

Toshkent viloyatida 11-sinf o‘quvchisi tengdoshlari tomonidan pichoqlab o‘ldirildi. Tafsilotlar

Bekobod shahrida 11-sinf o‘quvchisi bir guruh o‘smirlar bilan janjal oqibatida vafot etdi. Marhum avval kaltaklangan, so‘ng uning ko‘krak qismiga pichoq bilan jarohat yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Marhumning yaqinlari qonuniy chora ko‘rilishini so‘ramoqda. gazeta.uz »

2026-3-11 22:53

Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova bo‘yicha iste’molchilardan 2,2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ asossiz undirilgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlarini ko‘rsatishda iste’molchilardan 2,2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar asossiz undirilganini aniqladi va xizmat ko‘rsatuvchiga ushbu mablag‘larni iste’molchilarga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. gazeta.uz »

2026-3-3 13:24

Sirdaryo viloyatida Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan fuqaro ozodligi 4 yilga cheklandi

Guliston sudida Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan fuqaro 4 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi. U Rossiyaga ishlashga borib, patent muddati tugagani sababli majburan urushga yollangan. 1 oycha xizmat qilgach, dronlar hujumi oqibatida yaralanib, gospitalga yuborilgan. So‘ng O‘zbekistonga qaytib kelgan. gazeta.uz »

2026-1-9 10:38

2027-yilgacha O‘zbekistonning yana to‘rt viloyatida elektr tarmoqlari xususiy boshqaruvga beriladi

Prezident O‘zbekistonning 4 viloyatida elektr tarmoqlarini boshqarish xususiy operatorlarga o‘tkazilishini ma’lum qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Samarqandda boshqaruv Aksa Elektrik`ga o‘tkazilganidan so‘ng, Jizzax, Sirdaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida ham shunday loyihalar investorlarga taklif etiladi. gazeta.uz »

2025-12-5 12:38

Toshkent viloyatida “Yagona buyurtmachi xizmati” bosh yuriskonsulti firibgarlikda gumonlanib ushlandi

Toshkent viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” bosh yuriskonsulti prokuratura kamomad aniqlagan korxona mansabdorlaridan taftish tekshiruvi natijalarini ijobiy hal qilib berish evaziga firibgarlik bilan 8400 dollar talab qilgani aytilmoqda. U DXX xodimlari tomonidan qo‘lgan olingan. gazeta.uz »

2025-11-15 13:39

Toshkent viloyatida 200 ming kishilik CA Smart City — “aqlli shahar” qurish rejalashtirilmoqda. Nimalar ma’lum?

Ohangaronda 6400 gektar maydonda 10 mlrd dollarlik investitsiya bilan ingliz huquqini tatbiq etuvchi “aqlli shahar” qurilishi rejalashtirilmoqda. Tashabbuskor Going Investment uni MOdagi eng yirik savdo, sanoat va moliya markazi sifatida ko‘rmoqda. Tramvay liniyasi va universitet qurilishi ham mumkin. gazeta.uz »

2025-11-6 19:54

Rossiyaning Amur viloyatida YTHga uchragan avtobusda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmagan — Migratsiya agentligi

Rossiya OAV Amur viloyatida yengil avtomobil va yo‘lovchi avtobusi to‘qnashgani, yo‘lovchilar Turkiya, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari ekanini yozgandi. O‘zbekiston Migratsiya agentligi bu hodisada vatandoshlar bo‘lmaganini bildirdi. Hodisa tufayli 46 kishi jarohatlangan, 1 kishi vafot etgan. gazeta.uz »

2025-10-17 15:19