Namangan viloyatida 150 mln dollarlik Arashan Resort kurorti qurilishi boshlandi
Namangan viloyati Pop tumanida qiymati 150 mln dollar bo‘lgan Arashan Resort turistik majmuasi qurilishi boshlandi. Loyiha Arashan ko‘llari yaqinidagi tog‘ oldi hududida 600 gektar maydonni qamrab oladi va ekoturizm, tog‘-chang‘i infratuzilmasi hamda dam olish zonalariga ega kurort barpo etishni nazarda tutadi. gazeta.uz »

