Ðåçóëüòàòîâ: 147

Hududlararo sudlar tashkil etiladi, tergov sudyalarining vakolatlari kengaytiriladi — “Odil sudlov — 2030” strategiyasi tasdiqlandi

O‘zbekistonda 2027-yil 1-iyuldan hududlararo sudlar tashkil etiladi, tergov sudyalarining vakolatlari kengaytiriladi. Shuningdek, 2030-yilgacha fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman va shahar sudlarini bosqichma-bosqich tashkil etish, sudlarda “yagona darcha” xizmatlarini yo‘lga qo‘yish belgilandi. gazeta.uz »

2026-8-17 09:47

Toshkentda Yoshlar kreativ parki tashkil etiladi va kitob savdosi tarmog‘i kengaytiriladi

Toshkentning Olmazor tumanida startaplarni qo‘llab-quvvatlash, o‘qitish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish uchun Yoshlar kreativ parki ochiladi. Shuningdek, gavjum joylarda kitob pavilyonlari va Book Cafe’lar ochishga ruxsat berilib, savdo markazlarida kitob do‘konlari bo‘lishi majburiy etib belgilanadi. gazeta.uz »

2026-8-1 09:18

O‘zbekistonda ko‘ngilli qutqaruvchilar guruhlari tashkil etiladi, ularga FVV akademiyasiga kirishda imtiyoz beriladi

O‘zbekistonda volontyorlar va ko‘ngilli qutqaruvchilar “Favqulodda vaziyatlar volontyori” jamoatchilik guruhlariga jalb etiladi. Ularga berilgan tavsiyanoma asosida FVV akademiyasiga o‘qishga kirishda o‘zlari to‘plagan ballarning 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball berish ko‘zda tutilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-20 07:48

Toshkentda tirbandlik va YTHlarni kamaytirish bo‘yicha markaz tashkil etiladi

Poytaxtda yagona yo‘l harakatini tashkil etish markazi ishga tushadi. U transport va piyodalar oqimlarini tahlil qiladi va intellektual transport tizimini joriy etadi. Tizim tirbandliklarni bashorat qilish, marshrutlarni optimallashtirish va svetofor fazalarini adaptiv tarzda o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-12-3 15:56

O‘zbekistonda qarz oluvchilar uchun cheklistlar joriy etiladi, banklarga kredit shartnomalariga yashirin “katakchalar” qo‘shish taqiqlandi

Banklarga mijozlarga kredit risklari haqida cheklistlar taqdim etish hamda majburiy opsiyalar va avtoto‘ldiriladigan maydonchalar amaliyotiga barham berish majburiy bo‘ldi. Ijtimoiy nafaqa qarzlarini hisobdan chiqarish, so‘ralganidan ortiqcha kredit taklif qilish, to‘lovlarni oldinroq undirish ham taqiqlandi. gazeta.uz »

2025-10-30 19:41