O‘zbekistonda yetakchi xorijiy oliygohlar diplomini beruvchi dasturlar yo‘lga qo‘yiladi
Toshkentda Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi ochiladi. U Britaniya va boshqa yetakchi universitetlarning o‘quv dasturlaridan foydalanadi. Bu esa talabalarga xorijda 1+3, 2+2 va 3+1 modellari bo‘yicha o‘qish, xalqaro darajalarni olish hamda yashash xarajatlarini 10 baravargacha kamaytirish imkonini beradi.




















