Oliy toifali o‘qituvchilar uchun maqsadli magistratura tashkil etiladi
2026/2027 o‘quv yilidan oliy toifali o‘qituvchilar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining maqsadli magistraturasida masofaviy shaklda tahsil olishi mumkin bo‘ladi. Bitiruvchilar kamida uch yil maktabda ishlab beradi, qabul kvotalari esa har yili ehtiyojdan kelib chiqib belgilanadi. gazeta.uz »