Ðåçóëüòàòîâ: 18

Yo‘llar rekonstruksiyasi va “Yangi Toshkent”. Kompensatsiya jamg‘armasidan qo‘shimcha 150 mlrd so‘m qayerga yo‘naltiriladi?

2025-yilda kompensatsiya jamg‘armasi budjeti 150 mlrd so‘mga - 700 mlrd so‘mgacha oshirildi. Mablag‘lar Samarqand va Termizdagi yirik yo‘l loyihalari hamda poytaxt va Yangi Toshkent o‘rtasidagi yo‘llar qurilishi uchun yer uchastkalari sotib olishga yo‘naltirildi. Senator hududlarda to‘lovlar kechikishiga e’tibor qaratdi. gazeta.uz »

2026-1-19 12:17

“Prezidentga haqiqatni yetkazadigan ko‘zlar va qo‘llar kerak”. Saida Mirziyoyeva — o‘z tayinlovi haqida

Saida Mirziyoyeva o‘zining administratsiya rahbari etib tayinlanishini prezidentga joylardan real ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlash zarurati bilan bog‘ladi. Prezidentning asosiy maqsadi har bir o‘zbekistonlik hayotini yaxshilashdan iborat, dedi u. “Bizning administratsiyamiz faqat shu maqsadni ko‘zlaydi”. gazeta.uz »

2026-1-2 08:00

Avtoyo‘llar to‘g‘risidagi yangilangan qonun loyihasi nimalarni nazarda tutadi? Tafsilotlar

Qonunchilik palatasi 8-iyul kungi yig‘ilishida “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat piyodalar xavfsizligini ta’minlagan holda budjetga tushadigan yuklamani kamaytirish va pulli yo‘llar qurish uchun huquqiy asos yaratishga qaratilgan. gazeta.uz »

2025-7-11 16:19

Qashqadaryoda asosiy yo‘llar rekonstruksiyalanib, “yashil belbog‘” yaratiladi

Prezident Qashqadaryo yo‘l tarmog‘ini masshtabli rekonstruksiyalashni boshlashni buyurdi. “G‘uzor - Buxoro - Nukus - Beyneu” avtoyo‘lining 100 km, to‘rt tasmagacha kengaytirib “Qarshi - Shahrisabz - Kitob” trassasining 106 km lik qismini, “Toshkent - Termiz” yo‘lining bir qismini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2025-6-20 18:12