Ðåçóëüòàòîâ: 35

O‘zbekistonlik yoshlarga til o‘rganish uchun “2+6” dasturi asosida subsidiyalar ajratiladi

O‘zbekistonlik yoshlarga til o‘rganish uchun “2+6” dasturi asosida yarim yil uchun oyiga BHMning 2 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiyalar ajratiladi. Bunda talabgor til bilishning kamida minimal ko‘rsatkichli sertifikatiga ega bo‘lishi va dastlabki 2 oylik o‘qish xarajatini o‘z hisobidan to‘lashi lozim. gazeta.uz »

2025-10-10 07:54

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida Texnologiya va sanoat sherikligi dasturi imzolanadi

Nyu Yorkda O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari uchrashuvida ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Muhim xomashyo, kimyo, mashinasozlik, aviatsiya kabi ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan Texnologiya va sanoat sherikligi dasturini tayyorlash yuzasidan kelishuvga erishildi. gazeta.uz »

2025-9-24 04:26

Toshkent ko‘chalarida Soliq dasturi orqali o‘zini o‘zi band qilishni so‘rovchilar paydo bo‘ldi

Toshkentda o‘tkinchilardan Soliq dasturi orqali o‘zini o‘zi band qilishni so‘rovchilar paydo bo‘ldi. “Topshiriq bor, reja qo‘yilgan”, dedi ulardan biri Gazeta muxbiriga. Soliq qo‘mitasi bunday topshiriq borligini rad etdi, Bandlik vazirligi bu ishlar bandlik ko‘rsatkichini yaxshilashga yordam bermasligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-8-18 18:45

“Isroil va AQShni Eronning yadroviy dasturi emas, balki taraqqiyoti xavotirga soladi” — elchixona vakili

Eronning O‘zbekistondagi elchixonasi vakiliga ko‘ra, mamlakat hech qachon yadro qurolini qo‘lga kiritishga harakat qilmagan. “Ammo Eron o‘z huquqini himoya qilish uchun ortga chekinmaydi”. AQSh va Isroilni Eronning yadroviy dasturi emas, balki sanksiyalarga qaramay, taraqqiyotga erishayotgani xavotirga soladi, dedi u. gazeta.uz »

2025-6-26 11:20

O‘zbekistonda “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi boshlanishi e’lon qilindi

Prezident “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi boshlanishini e’lon qildi. Dasturda hokimlar tibbiyot muassasalarida “ona-bola” xonalarini tashkil qilish, nogironligi borlar erkin harakatlanishi uchun inklyuziv muhit yaratish, qo‘l yuvishga issiq suvi bor pokiza hojatxonalar tashkil etish uchun mas’ul bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-5-7 13:39

O‘zbekistonda xususiylashtirish dasturi doirasida 30 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalari sotiladi

2025-yilda xususiylashtirish dasturi doirasida 30 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotish va kamida 10 trln so‘m tushumni ta’minlash ko‘zda tutilgan. Shuningdek, kamida 30 ta foydali qazilma kon va uchastkalaridan foydalanish huquqi savdoga chiqariladi. gazeta.uz »

2025-4-23 09:39

O‘zbekistonda yoshlarni Pechak ligasi universitetlariga tayyorlash dasturi ishga tushiriladi

Sentabrda O‘zbekistonda 8-sinf bitiruvchilari uchun xalqaro maktab ochiladi. Yoshlarni Pechak ligasi universitetlariga tayyorlash milliy dasturini ishga tushirish rejalashtirilgan - 3000 nafar maktab o‘quvchisi intensiv tayyorgarlikdan o‘tadi, eng yaxshilari AQShda tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-3-27 18:02

O‘zbekiston va OIIB o‘rtasida 2030-yilgacha strategik sheriklik dasturi ishlab chiqiladi

Shavkat Mirziyoyev OIIB bilan infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha 2030-yilgacha bo‘lgan strategik sheriklik dasturini qabul qilishni qo‘llab-quvvatladi. Bank prezidenti Szin Litsyun mamlakat rahbari bilan uchrashuvda O‘zbekistondagi islohotlarni bundan buyon ham qat’iy qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-9-25 15:56

“Kuchli ijtimoiy siyosat”. Xalq demokratik partiyasining saylovoldi dasturi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi o‘z saylovoldi dasturida pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish, nogironligi bo‘lganlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, mamlakatni xavfsiz va ekologik barqaror hududga aylantirish, iqtisodiyotda davlatning faol ishtirokini saqlab qolish kabilarni va’da qilmoqda. gazeta.uz »

2024-9-22 10:34

“Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot”. “Milliy tiklanish” partiyasining saylovoldi dasturi

“Milliy tiklanish” partiyasining saylovoldi dasturidan lotin alifbosiga o‘tishni yakunlash, arxeologik obyektlarda ijara tizimini bekor qilish, ajrimlar bojini oshirish, boshqa davlat fuqaroligini olganlardan fuqarolikni bekor qilish, renovatsiya va xalq tabobati qonunlarini qabul qilish kabi masalalar o‘rin oldi. gazeta.uz »

2024-9-22 10:34

O‘zbekistonda “Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston shifoxonalarida o‘tgan yili 60 mingdan ziyod xorijlik davolangan. Prezident ko‘rsatkichni oshirish uchun “Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi” dasturi boshlanishini e’lon qildi. Endi xususiy klinikalarning xalqaro standart olish xarajatlari qoplanadi, ularda davolangan chet elliklar uchun QQS qaytariladi. gazeta.uz »

2024-6-3 17:52

O‘zbekistonda English Speaking Nation dasturi yakunlandi. To‘rt yilda 18 mingdan ortiq ingliz tili o‘qituvchisi o‘qitildi

O‘zbekistonda English Speaking Nation (Ingliz tilida so‘zlashuvchi millat) dasturi doirasida 18 mingdan ortiq ingliz tili o‘qituvchisining bilim va malakalari oshirildi. To‘rt yil davom etgan, qiymati 7 mln dollar bo‘lgan qo‘shma dastur AQSh tashkilotlari ko‘magida olib borildi. gazeta.uz »

2024-4-22 09:22

Xitoylik investorlar renovatsiya dasturi bo‘yicha Toshkentning Oqtepa massivida ko‘p qavatli uylar quradi

Xitoylik investorlar Toshkentning Oqtepa massividagi eski ikki qavatli turar joylar o‘rnida ko‘p qavatli uylar quradigan renovatsiya dasturini amalga oshiradi. Buning uchun budjet mablag‘laridan foydalanmagan holda 360 mln dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etiladi. gazeta.uz »

2024-3-13 12:28