Ðåçóëüòàòîâ: 39

Rossiya va Xitoy yetakchilari Pekinda muzokaralar o‘tkazdi. Asosiy ma’lumotlar

Pekinda Rossiya prezidenti Putin va XXR raisi Si Szinpin muzokara o‘tkazdi. Sheriklikni mustahkamlash va ko‘p qutbli dunyoni shakllantirish bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qilindi. 40 ga yaqin ikki tomonlama hujjat imzolanib, vizasiz rejimni davom ettirish, energetika sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga kelishildi. gazeta.uz »

2026-5-20 14:01

Xitoy va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar natijalari Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmaydi — ekspert

Tramp va Si Szinpin oxirgi 9 yilda ilk bor Xitoyda uchrashdi. Gazeta ekspert Temur Umarov bilan biror-bir yutuqni kutish kerakmi, tomonlar qanday maqsadlarni ko‘zlamoqda va sammit dunyo hamda MO uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini muhokama qildi. gazeta.uz »

2026-5-14 16:39

AQSh va Eron o‘t ochishni 45 kunga to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda — Axios

AQSh va Eron vositachilar orqali o‘t ochishni 45 kunga to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda. Biroq, Axios manbalariga ko‘ra, kelishuvga erishish imkoniyatlari juda kam. Tramp esa, o‘z navbatida, Hurmuz bo‘g‘ozi ochilmasa, Eronning ko‘priklari va elektr stansiyalarini bombardimon qilish bilan yana tahdid qilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-6 13:32

“O‘zbekiston bilan viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borish mumkin, ammo bu ertaga boshlanmaydi” — YI elchisi

O‘zbekiston va YI viza rejimini soddalashtirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishi mumkin, ammo bu ertangi kun masalasi emas, dedi YIning O‘zbekistondagi elchisi Gazeta’ga. Unga ko‘ra, bu ikki tomonlama munosabatlar mustahkamlanishi va o‘zbekistonliklarning YI davlatlari viza qoidalariga rioya qilishiga bog‘liq. gazeta.uz »

2025-11-7 19:22

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralar yakuniga yetmoqda — Ngozi Okonjo-Iveala

O‘zbekiston prezidenti va Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala mamlakatning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini muhokama qildi. “Umid qilamizki, mart oyigacha barcha jarayonlar to‘liq yakunlanadi va biz O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lganini tantanali ravishda nishonlaymiz”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-9-23 14:44

Samarqandda Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya podshohi Abdulla II muzokaralar o‘tkazdi

Samarqand shahrida O‘zbekiston prezidenti va Iordaniya Hoshimiylar podshohligi podshohining muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Unda Kimyo va to‘qimachilik sanoati, “aqlli” qishloq xo‘jaligi, geologiya, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika, turizm va boshqa tarmoqlarda kooperatsiyani kengaytirishga kelishib olindi. gazeta.uz »

2025-8-26 13:01

Putin Mirziyoyevga AQSh prezidentining maxsus vakili bilan muzokaralar natijalari haqida ma’lumot berdi

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga AQSh rahbarining maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan muzokaralar yakunlari haqida ma’lumot berdi. Avvalroq ushbu muzokaralarda Rossiya va AQSh “yaqin kunlarda” Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida uchrashuv o‘tkazishga kelishib olgani xabar qilingandi. gazeta.uz »

2025-8-8 12:42

Ðîññèÿ âà Øèìîëèé Êîðåÿ åòàê÷èëàðè ìóçîêàðàëàð ¢òêàçäè — òàôñèëîòëàð

Ðîññèÿ ïðåçèäåíòè Âëàäèìèð Ïóòèí âà ÊÕÄÐ äàâëàò èøëàðè á¢éè÷à ðàèñè Êèì ×åí Èí äåëåãàöèÿëàð òàðêèáèäà ìóçîêàðàëàð ¢òêàçäè. ru.sputniknews-uz.com »

2024-6-19 08:10

AES qurish bo‘yicha O‘zbekiston bilan muzokaralar “ancha muvaffaqiyatli” kechmoqda — “Rosatom”

“Rosatom” O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma yuzasidan muzokaralar “ancha muvaffaqiyatli” kechayotganini ta’kidladi. Korporatsiya rasmiysi mutaxassislar allaqachon AES qurilishi mumkin bo‘lgan maydonni batafsil o‘rganib chiqqani va eng maqbul texnologik yechimlarni aniqlaganini aytdi. gazeta.uz »

2024-3-27 12:27