Ðåçóëüòàòîâ: 23

O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik qayta ko‘rib chiqiladi — prezident

O‘zbekiston amerikalik hamkorlar bilan shaxsiy ma’lumotlarni saqlash to‘g‘risidagi qonunchilikni yangilashni yakunlamoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev. Uning aytishicha, bu Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlarini ishga tushirish, shuningdek, raqamli akademiyalar va startap hablarni rivojlantirish uchun sharoit yaratadi. gazeta.uz »

2025-11-7 13:45

Ma’lumotlarni boshqarishning milliy tizimini yaratish rejalashtirilmoqda. Asosiy ma’lumotlar

Ma’lumotlarni boshqarish milliy tizimi to‘g‘risidagi qonun loyihasi e’lon qilindi. Qonundan maqsad - davlat organlari yig‘adigan ma’lumotlarga nisbatan umumdavlat yondashuvini joriy etish hamda raqamli ma’lumotlarni yig‘ish, shakllantirish, qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanishda yagona yondashuvni ta’minlash. gazeta.uz »

2025-9-16 09:22

Jahon banki O‘zbekistonga geofazoviy ma’lumotlar yetishmovchiligini bartaraf etish uchun $35 mln ajratdi

Jahon banki O‘zbekistonda geofazoviy ma’lumotlarning mavjudligini yaxshilash uchun $35 mln imtiyozli kredit ajratdi. Loyiha yer, obyekt va infratuzilma bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plashga qaratilgan. JB tegishli geoma’lumotlar yo‘qligi uchun hududlarni rivojlantirishda qiyinchiliklarga duch kelinayotganini qayd etdi. gazeta.uz »

2025-5-20 15:44

Prezident Raqobatni rivojlantirish konsepsiyasi bilan tanishdi. Asosiy ma’lumotlar

Prezidentga raqobatni rivojlantirish konsepsiyasi taqdim etildi. Energetika, aeroport xizmatlari va boshqa sohalardagi 17 turdagi davlat monopoliyalarini tugatish kutilmoqda. Ruxsatnomalar va litsenziyalar majburiy sug‘urtaga almashtiriladi, tabiiy monopoliyalar sohasida mustaqil regulyatorlar paydo bo‘ladi. gazeta.uz »

2024-8-5 19:29

Yo‘l qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar qaror chiqaruvchiga 48 soat ichida kelmasa, haydovchi javobgarlikka tortilmaydi

Deputatlar birinchi o‘qishda qabul qilgan qonun loyihasiga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxsga 48 soat ichida yuborilishi kerak. Aks holda ishni ko‘rib chiqish tugatiladi. gazeta.uz »

2024-4-23 12:17