Ðåçóëüòàòîâ: 73

O‘zbekistonda yirik loyihalar uchun import va mahalliy qurilish materiallarini xarid qilish shartlarini tenglashtirish rejalashtirilmoqda

Prezident yirik loyihalarga import va mahalliy qurilish materiallari yetkazib berish uchun QQS bo‘yicha teng shartlarni joriy etish bo‘yicha qaror loyihasini tayyorlashni topshirdi. Sotuvda qiyinchilikka duch kelayotgan 457 ta korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirish uchun 50 mln dollar yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2026-6-25 18:24

Banklarga O‘zbekistondagi jismoniy shaxslarning yirik p2p o‘tkazmalari haqida soliq organlariga xabar berish majburiyati yuklanishi mumkin

O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi yana p2p o‘tkazmalar haqida ma’lumot olishni istamoqda. Banklar maxsus modul orqali soliq organlariga mijozlar hisobvaraqlari va depozitlari, yirik operatsiyalar, jismoniy shaxslar kartalariga oyiga 500 BHMdan ortiq p2p o‘tkazmalar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin. gazeta.uz »

2026-6-24 09:57

O‘zbekistonda banklar qator yirik operatsiyalar va o‘tkazmalar nazoratini kuchaytiradi

9-avgustdan tijorat banklari uchun ichki nazorat qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kiradi. Ular operatsiyalarni tekshirish uchun yangi chegaraviy miqdorlarni, o‘tkazmalarda jo‘natuvchilar va oluvchilar haqidagi kengaytirilgan ma’lumotlarni, shubhali operatsiyalarning yangi mezonlarini nazarda tutadi. gazeta.uz »

2026-5-12 12:07

Kiyevda o‘zbek diplomatlari va yirik ukrain kompaniyalari rahbarlarining uchrashuvi o‘tkazildi

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasida Ukrainaning 60 ta yirik kompaniyasi rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uklon Toshkentdagi biznesiga 10 mln dollardan ortiq sarmoya kiritganini bildirdi. Sona Pharma 2027-yil yanvaridan oftalmologiya mahsulotlari bilan mamlakat bozorga kirishni rejalashtirmoqda. gazeta.uz »

2026-5-8 06:25

Yaponiyada patsifistik Konstitutsiyani qayta ko‘rib chiqishga qarshi yirik miting bo‘lib o‘tdi

Tokioda 50 mingga yaqin kishi Sanae Takaichi hukumatining Yaponiyaning patsifistik Konstitutsiyasini o‘zgartirishga bo‘lgan urinishlariga norozilik bildirish uchun to‘plandi. Mamlakatning asosiy qonuni Ikkinchi jahon urushidan keyin qabul qilingan va Yaponiyaga nizolarni hal qilish uchun harbiy kuch ishlatishni taqiqlaydi. gazeta.uz »

2026-5-4 18:41

Hech qayerda yo‘q tizim, noreal jazo va qiynalayotgan korxonalar. Yirik ishlab chiqaruvchilar va mutaxassislar — ichimliklar uchun markirovka haqida

O‘zbekistonda ichimlik ishlab chiqaruvchilar 1-apreldan raqamli markirovkalash tizimining agregatsiya bosqichini joriy eta boshladi. Gazeta bilan suhbatlashgan yirik korxonalar va mutaxassislar tizim kompaniyalar xarajatlarini oshirib borayotgani, kichik xatolik esa korxonani bankrot qilishini ta’kidlamoqda. gazeta.uz »

2026-4-14 17:49

“Vashington MO davlatlarining yirik qo‘shnilari oldida o‘z manfaatlarini himoya qila olish qobiliyati muhimligini tushunadi” — AQSh sobiq elchisi

AQShning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Jon Hyorbstning fikricha, Vashingtonning MOga nisbatan hozirgi yondashuvi yanada pragmatik, o‘zaro manfaatli kelishuvlarga yo‘naltirilgan. “MO - AQSh” sammiti arafasida u Gazeta`ga AQSh ma’muriyati va mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlar haqida gapirib berdi. gazeta.uz »

2025-11-5 15:05

“Antaliyadan qolishmaydigan Aydarko‘l”. Jizzax viloyatida yirik plyaj klasteri yaratilmoqda

O‘zbekistonda Aydarko‘l sohilini mamlakatning plyaj kurortlaridan biriga aylantirish reja qilinmoqda. Aziz Abduhakimovning aytishicha, qurilayotgan turizm klasteri xizmat ko‘rsatish va infratuzilma jihatidan Antaliya, Dubay plyajlaridan qolishmaydi. 29 gektar maydondagi loyiha 220 mlrd so‘mga baholanmoqda. gazeta.uz »

2025-7-23 09:33

“U shunchaki aqldan ozgan”. Tramp Putinni Ukrainaga berilgan yirik zarbalar uchun qoraladi

Rossiya Ukrainaga ketma-ket hujumlar uyushtirmoqda. Jumladan, 25-mayga o‘tar kechasi qariyb 300 ta dron va 70 ta raketa uchirilgan, kamida 12 kishi halok bo‘ldi. Tramp bu harakatlardan so‘ng: “Putinga nimadir bo‘ldi, u aqldan ozibdi”, - deya bayonot berdi. “Bu Zelenskiy, Putin va Baydenning urushi”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-5-26 12:03