Ðåçóëüòàòîâ: 13

Yevropa va AQShdan pul o‘tkazmalari hajmi oshib bormoqda, migratsiya geografiyasi esa kengaymoqda — Markaziy bank

Rivojlangan mamlakatlar va bir qator Osiyo davlatlarida ishlayotgan o‘zbekistonliklarning pul o‘tkazmalari hajmi qariyb 22 foizga ko‘payib, 3,49 mlrd dollarni tashkil etdi. Markaziy bank migratsiya geografiyasining kengayib borayotgani va rivojlangan mamlakatlarning roli ortib borayotganini ta’kidlamoqda. gazeta.uz »

2026-3-18 15:23

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari qariyb uchdan bir qismga oshdi, MB 2025-yil uchun prognozni yaxshiladi

Birinchi chorakda O‘zbekistonga 3,3 mlrd dollar pul o‘tkazmalari kelib tushdi - bu o‘tgan yilga nisbatan 32% ga ko‘p. Markaziy bank buni hamkor davlatlar valyutalarining mustahkamlanishi va daromadliroq mamlakatlarga migratsiyaning o‘sishi bilan bog‘lamoqda. MB 2025-yil uchun pul o‘tkazmalari prognozini yaxshiladi. gazeta.uz »

2025-5-22 15:53

2024-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 30 foizga ko‘payib, 14,8 mlrd dollarni tashkil qildi

2024-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 2023-yilga nisbatan 3,4 mlrd dollar (30 foiz)ga ko‘payib, 14,8 mlrd dollarni tashkil qildi. Mablag‘larning 77 foizi Rossiyadan kelib tushdi. Buyuk Britaniyadan o‘tkazmalar 83 foizga, Janubiy Koreyadan 56 foizga, AQShdan 35 foizga hamda YeIdan 32 foizga oshdi. gazeta.uz »

2025-1-20 13:35

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 25 foizga oshdi, Rossiyaning ulushi kamayishda davom etmoqda — MB

2024-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 25 foizga oshib, 6,5 milliard dollarni tashkil etdi. Bu Markaziy bankning dastlabki prognozlaridan ikki barobar ko‘p. AQSh, Germaniya, Janubiy Koreya va Polshadan tushumlar keskin oshdi. Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda. gazeta.uz »

2024-7-25 17:33