O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari o‘syapti, unda Rossiyaning ulushi kamaymoqda
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi birinchi chorakda 13 foizga o‘sib, 3,8 mlrd dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, tushumlarda Rossiyaning ulushi 77,6 foizdan 72,4 foizgacha kamaydi, Qozog‘iston, Koreya, Yevropa va boshqa mamlakatlarning ulushlari esa oshdi, deya xabar bermoqda Markaziy bank o‘z sharhida. gazeta.uz »














