Tibbiy xizmatlarda xususiy sektorning ulushi 30 foizga yetdi
O‘zbekistonda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarda xususiy sektorning ulushi 30 foizga yetdi. Xususan, oftalmologiya va operativ oftalmologiyaning 60 foizi, LOR va endoskopik LOR xizmatlarining 70 foizi hamda stomatologik tashxis va muolajalarning 91 foizi xususiy klinikalar tomonidan ko‘rsatilyapti. gazeta.uz »