Ðåçóëüòàòîâ: 39

Xorijlik shifokorlar uchun ijtimoiy soliq 1 foizga tushiriladi, tibbiy jihozlar va maxsus avtotransportlar uchun bojxona imtiyozi uzaytiriladi

O‘zbekistonda tibbiyot sohasiga jalb etiladigan xorijlik shifokorlar uchun ijtimoiy soliq 1 foizga tushiriladi, shuningdek, tibbiyot tashkilotlari tomonidan olib kiriladigan tibbiy jihozlar, ehtiyot qismlar va maxsus avtotransport vositalari 2029-yil 1-iyunga import bojxona bojidan ozod etiladi. gazeta.uz »

2026-5-6 12:54

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab bepul tibbiy yordam olish tartibi qanday o‘zgaradi?

O‘zbekiston hukumati davlat va xususiy tibbiyot muassasalarida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini tasdiqladi. 2026-yildan kuchga kiradigan hujjat QR kodli elektron yo‘llanmalar, kasalxonaga yotqizishning yangi qoidalari, tibbiy komissiyalar ishi va boshqalarni joriy etadi. gazeta.uz »

2025-11-14 14:56

Prezidentga 36 mln fuqaroning tibbiy ma’lumotlarini o‘zida jamlagan DMED axborot tizimi taqdimot qilindi

Prezident TDTUda sog‘liqni saqlashni raqamlashtirishga doir ishlar bilan tanishdi. Taqdimotda 36 mln aholining tibbiy ma’lumotlarini aks ettiruvchi DMED elektron axborot tizimi, “Online-shifokor” xizmati, “Raqamli sog‘liqni saqlash markazi” va “Elektron retsept” tizimi imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. gazeta.uz »

2025-11-10 18:16

Nikohni rasmiylashtirishda tibbiy ma’lumotnoma ko‘rsatish talabi bekor qilinmoqda

O‘zbekistonda nikohni rasmiylashtirishda tibbiy ma’lumotnoma taqdim etish talabi bekor qilinmoqda. Boshqa o‘zgarishlar qatorida YAIDXPdagi shaxsga doir ma’lumotlar ularning qog‘oz shakliga tenglashtirilishi va avtomototransport vositasi guvohnomasida mulkdorning manzilini ko‘rsatish talab etilmasligi ham bor. gazeta.uz »

2025-9-9 14:36

Senatorlar SSVga bolalarga tibbiy yordamni yaxshilash yuzasidan parlament so‘rovi yuboradi

Senat SSVga bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish yuzasidan parlament so‘rovi yuboradi. Bunga bolalar shifoxonalarining sifatsiz jihozlangani, ularning neonatolog, ftiziopediatr va bolalar jarrohlari bilan ta’minlanmagani, aholining bepul vaksinatsiyadan yetarlicha xabardor emasligi sabab bo‘lgan. gazeta.uz »

2025-6-2 20:13

Senat shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan avval majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Senat ma’qullagan qonun bilan shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan oldin uni tergov hibsxonasining o‘zida majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi belgilanmoqda. Tibbiy ko‘rik shaxs tergov hibsxonasiga olib kelingan paytdan e’tiboran ikki soat ichida tibbiy xodim tomonidan o‘tkazilishi kerak. gazeta.uz »

2025-3-18 07:58

Shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish majburiy bo‘ladi

Qonunchilik palatasi deputatlari jinoyat ishini yuritish chog‘ida shaxsni qiynoqqa solish holatlarining oldini olishga qaratilgan qonun loyihasini qabul qildi. Unga ko‘ra, shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan oldin uni tergov hibsxonasining o‘zida majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi belgilanmoqda. gazeta.uz »

2025-1-21 10:28

Retseptsiz beriladigan dorilar va tibbiy texnika narxiga nisbatan cheklovlar olib tashlanadi

2017-yilda joriy etilgan tibbiy texnika va retseptsiz beriladigan dorilarga nisbatan narx cheklovi bekor qilinadi. Hozir cheklangan ustama distribyutorlarga 15%, dorixonalarga 20% ni tashkil etadi, u faqat retsept bo‘yicha beriladigan dorilar uchun qoladi. Shuningdek, farmkorxonalar QQS to‘lovchiga aylanadi. gazeta.uz »

2024-7-4 14:34

O‘zbekistonda “Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston shifoxonalarida o‘tgan yili 60 mingdan ziyod xorijlik davolangan. Prezident ko‘rsatkichni oshirish uchun “Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi” dasturi boshlanishini e’lon qildi. Endi xususiy klinikalarning xalqaro standart olish xarajatlari qoplanadi, ularda davolangan chet elliklar uchun QQS qaytariladi. gazeta.uz »

2024-6-3 17:52