Ichki ishlar organlarida dronlardan foydalanish boshlandi
IIO faoliyatida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularni aniqlash maqsadida dronlardan foydalanish boshlandi. Buxoro viloyati hokimligi 150 ta, IIV esa 5 ta viloyat uchun 84 ta dron xarid qildi. “2026-yil yakunigacha barcha tuman va shahar bo‘limlari dronlar bilan ta’minlanadi”, - deydi vazirlik vakili. gazeta.uz »


