Ðåçóëüòàòîâ: 41

O‘zbekistonda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi tahriri ishlab chiqiladi. Unda ahamiyatini yo‘qotgan huquqbuzarliklarni bekor qilish, yangi javobgarlik choralarini joriy etish, ma’muriy ishlar ustidan sud nazoratini kuchaytirish hamda inson huquqlari himoyasini takomillashtirish rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2026-5-9 15:30

O‘zbekistonda yoshlarga nisbatan narkotik jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi

O‘zbekistonda sintetik narkotiklar ishlab chiqarish va tarqatish ortmoqda - ular yashirin laboratoriyalarda tayyorlanib, internet orqali sotilmoqda. Prezident bunday jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish zarurligini ta’kidlab, 2027-yilgacha mo‘ljallangan narkojinoyatlarga qarshi kurashish milliy dasturini ma’qulladi. gazeta.uz »

2025-11-3 16:10

Harbiy va idoraviy formaga o‘xshash kiyim-boshdan foydalanganlik uchun javobgarlik joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda harbiy va idoraviy formali kiyimga o‘xshash kiyim-boshni joriy etish va ulardan foydalanish uchun javobgarlik kiritilmoqda. Shuningdek, hokimiyat vakilining xizmat kiyimi yoki hujjatlaridan foydalangan holda jinoyat sodir etish jazoni og‘irlashtiruvchi holat sifatida ko‘rish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2025-9-9 11:34

O‘zbekistonda qimmatbaho metallar va toshlarning noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik joriy etish rejalashtirilmoqda

Deputatlar qimmatbaho metallar va toshlarni noqonuniy olganlik yoki o‘tkazganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy etuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Qolaversa, valyuta tushumlarining bir qismini majburiy sotishdan bo‘yin tovlaganlik uchun jarimani bekor qilish ko‘zda tutilmoqda. gazeta.uz »

2025-6-28 10:42

Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlardagi layklar uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi

Emomali Rahmon ijtimoiy tarmoqlardagi layklar va reaksiyalar uchun jinoiy javobgarlikni bekor qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Tuzatishlar Tojikiston prezidenti huquq-tartibot idoralarini asossiz jinoiy ishlar uchun tanqid qilib, bu amaliyotga “nuqta qo‘yish”ni talab qilganidan so‘ng qabul qilindi. gazeta.uz »

2025-5-14 15:50

Turar joy massivlaridagi yashil hududlarni betonlashtirganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

O‘zbekistonda o‘zboshimchalik bilan betonlashtirish va tuproq bilan qoplangan turar joy massivlari hududida qurilmalar o‘rnatganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Ko‘p qavatli uylarni qurishda oqova, yomg‘ir va texnik suvlar bilan sug‘orish tizimlarini o‘rnatish majburiy bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-2-8 16:47

Ko‘p qavatli uylar yaqinidagi yerlarni betonlashtirganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi mumkin

O‘zbekistonda 1-iyuldan ko‘p qavatli uylar massivlaridagi tuproq va yashil qoplamali umumiy foydalanishdagi hududlarni o‘zboshimchalik bilan betonlashtirganlik, qurilma va konstruksiyalarni o‘rnatganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilishi mumkin. Bu davlat dasturi loyihasida qayd etilgan. gazeta.uz »

2025-1-9 10:23

O‘zbekistonda “kelishilgan o‘yinlar” uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi

Sport musobaqasi qatnashchi va tashkilotchilarining pora olishi, ularni moddiyat evaziga og‘dirib olish uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Bu katta miqdordagi jarima, 3 yilgacha ayrim huquqlardan mahrum qilish, 3 yilgacha (og‘irlashtiruvchi holatlarda - 8 yil) ozodlikdan cheklash yo mahrum qilish bilan jazolanadi. gazeta.uz »

2024-11-5 19:53

Giyohvandlik va psixotrop moddalarni internetda namoyish etganlik uchun javobgarlik belgilandi

Endilikda giyohvand va psixotrop moddalarni telekommunikatsiya tarmoqlari va internetda reklama qilish, namoyish etganlik uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlik kuchaytiriladi. Narkotik moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay noqonuniy saqlagan yoki tashigan shaxslar ham javobgarlikka tortiladi. gazeta.uz »

2024-10-5 12:39

Bolaga nisbatan qilingan maishiy zo‘ravonlik uchun alohida javobgarlik belgilanadi

Senat bolaga nisbatan maishiy zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik belgilash ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi. Qonun bilan, shuningdek, maishiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv arizasini surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida emas, sud muhokamasida berish tartibi joriy qilinmoqda. gazeta.uz »

2024-9-21 08:57

Senat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritishni ma’qulladi

Skuter va samokatda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda. Yuk mashinalari yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangani uchun jarima joriy etilmoqda. YPX xodimlaridan qoidabuzarga joyning o‘zida jarima qo‘llash vakolati olib qo‘yilmoqda. Senat shular ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi. gazeta.uz »

2024-9-20 13:15