Ðåçóëüòàòîâ: 11

Shavkat Mirziyoyev vazir va hokimlarni yoshlarga rahbarlik lavozimlarini ishonib topshirishga chaqirdi

Prezident vazirlar va hokimlar salohiyatli yoshlarni mas’uliyatli lavozimlarga tayinlashdan cho‘chimasligini aytdi. Yosh liderlarni aniqlash uchun “TOP-100” dasturi ishga tushadi: uning g‘oliblari 50 mln so‘mdan mukofot oladi va rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi. Yana “Yoshlar ligasi” platformasi ishga tushiriladi. gazeta.uz »

2026-6-30 15:04

O‘zbekistonda yoshlarga biznes boshlash uchun 2 mlrd so‘mgacha kredit beriladi

O‘zbekistonda biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagi bo‘lgan o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari hamda yoshlarga 2 mlrd so‘mgacha, talaba va yoshlarni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik subyektlariga 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 10 mlrd so‘mgacha kredit ajratiladi. gazeta.uz »

2026-6-3 13:25

O‘zbekistonda yoshlarga nisbatan narkotik jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi

O‘zbekistonda sintetik narkotiklar ishlab chiqarish va tarqatish ortmoqda - ular yashirin laboratoriyalarda tayyorlanib, internet orqali sotilmoqda. Prezident bunday jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish zarurligini ta’kidlab, 2027-yilgacha mo‘ljallangan narkojinoyatlarga qarshi kurashish milliy dasturini ma’qulladi. gazeta.uz »

2025-11-3 16:10

O‘zbekistonlik yoshlarga til o‘rganish uchun “2+6” dasturi asosida subsidiyalar ajratiladi

O‘zbekistonlik yoshlarga til o‘rganish uchun “2+6” dasturi asosida yarim yil uchun oyiga BHMning 2 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiyalar ajratiladi. Bunda talabgor til bilishning kamida minimal ko‘rsatkichli sertifikatiga ega bo‘lishi va dastlabki 2 oylik o‘qish xarajatini o‘z hisobidan to‘lashi lozim. gazeta.uz »

2025-10-10 07:54