Ðåçóëüòàòîâ: 312

Shavkat Mirziyoyev va OTB prezidenti 12,5 mlrd dollarlik yangi sheriklik dasturini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda OTB prezidenti Masato Kanda bilan uchrashdi. Muzokaralarda 2030-yilgacha mo‘ljallangan 12,5 mlrd dollarlik yangi strategik sheriklik dasturi muhokama qilindi. U ijtimoiy sohani modernizatsiya qilish, kambag‘allikni qisqartirish va “yashil” energetikani qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutadi. gazeta.uz »

2026-5-3 18:40

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyoning toza havosi” nomli davlatlararo konsorsium tuzishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Mintaqaviy ekosammitda “Markaziy Osiyoning toza havosi” konsorsiumini tuzishni hamda iqlim loyihalarining yagona investitsiyaviy portfelini shakllantirishni taklif etdi. “Bu mintaqani rivojlantirish bo‘yicha yaxlit strategiya bilan harakat qilish imkonini beradi”, - dedi prezident. gazeta.uz »

2026-4-22 13:11

Shavkat Mirziyoyev: “Narkobiznesni qurol bilan emas, pulsiz qoldirish orqali yengish mumkin”

Dunyoning ayrim mintaqalarida iqtisodiy imkoniyatlar cheklangani va ijtimoiy tengsizlik sababli giyohvand moddalar yetishtirish davom etmoqda, dedi prezident. U bunday hududlar iqtisodiyoti va rivojlanishiga investitsiyalar kiritish orqali yordam berishni butun xalqaro hamjamiyatning umumiy mas’uliyati, deb atadi. gazeta.uz »

2026-4-20 10:28

Shavkat Mirziyoyev BAA prezidentiga O‘zbekiston fuqarolariga ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefonda suhbatlashdi. Muloqotda Yaqin Sharqdagi vaziyat xalqaro huquq tamoyillariga zid ekani ta’kidlandi. Shavkat Mirziyoyev BAAdagi O‘zbekiston fuqarolariga ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi. gazeta.uz »

2026-3-4 15:43

Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston yangi G‘azoni barpo etishga hissa qo‘shishga tayyor (video)

O‘zbekiston G‘azo sektorida uy-joylar, bolalar bog‘chalari, maktab va shifoxonalar qurilishiga hissa qo‘shishga tayyor, dedi “Tinchlik kengashi”ning birinchi sammitida Shavkat Mirziyoyev. U sammitni xalqaro birdamlik hamda Yaqin Sharqdagi vaziyatni yaxshilash yo‘lidagi umumiy intilish ifodasi deb atadi (video). gazeta.uz »

2026-2-20 19:49

“Xalq va armiya — bir tanu bir jon”. Shavkat Mirziyoyev Vatan himoyachilari kuni bilan tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Qurolli kuchlar tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi. Prezident geosiyosiy vaziyat murakkablashgan sharoitda armiyani SI bilan ta’minlash, raqamlashtirish hamda harbiylarni ijtimoiy himoya qilish ishlari kuchaytirilishini ta’kidladi. gazeta.uz »

2026-1-14 09:54

“Kuchimiz — birlikda”. Shavkat Mirziyoyev MO davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida nimalar dedi?

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvlari formatiga a’zo bo‘lishi hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berishini ta’kidladi. U, shuningdek, uchrashuvlar formatini “Markaziy Osiyo hamjamiyati” strategik platformasiga aylantirish haqida gapirdi. gazeta.uz »

2025-11-16 12:48