Ðåçóëüòàòîâ: 23

Xorijda ishlamoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarga til o‘rganish xarajatlarining yarmi qoplab beriladi

Xorijda ishlamoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarga til o‘rganish xarajatlarining 50 foizi hamda kasbiy imtihonlar to‘liq davlat tomonidan qoplab beriladi, bunda mablag‘larni o‘quv markazlariga emas, fuqarolarning o‘ziga berish ko‘zda tutilmoqda. Bu bo‘yicha Prezidentga tegishli takliflar kiritildi. gazeta.uz »

2026-4-20 16:57

B2 sertifikatiga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilariga yangi o‘quv yiligacha imkoniyat beriladi — ta’lim vazirligi

O‘zbekistondagi maktablarda xorijiy til o‘qituvchilaridan kamida B2 darajadagi til sertifikatini talab qilish muddati yangi o‘quv yiliga qadar uzaytirildi. Vazirlik pedagoglardan amaliyotga joriy etilayotgan choralarni chuqur anglagan holda, o‘z kasbiy majburiyatlariga sidqidildan yondashishni so‘radi. gazeta.uz »

2026-1-14 08:33

“Til — xalq dilining kalitidir”. Buyuk Britaniya va Germaniya elchilari — o‘zbek tilini nega o‘rganayotgani haqida

Har yili 21-oktabrda nishonlanadigan O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Buyuk Britaniya va Germaniyaning O‘zbekistondagi elchilari o‘zbek tilini qanday o‘rganayotgani va eng ko‘p qaysi o‘zbekcha so‘zlardan foydalanishi haqida Gazeta’ga gapirib berdi. Shuningdek, ular o‘zbekistonliklarni bayram bilan qutladi. gazeta.uz »

2025-10-21 15:45

O‘zbekistonlik yoshlarga til o‘rganish uchun “2+6” dasturi asosida subsidiyalar ajratiladi

O‘zbekistonlik yoshlarga til o‘rganish uchun “2+6” dasturi asosida yarim yil uchun oyiga BHMning 2 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiyalar ajratiladi. Bunda talabgor til bilishning kamida minimal ko‘rsatkichli sertifikatiga ega bo‘lishi va dastlabki 2 oylik o‘qish xarajatini o‘z hisobidan to‘lashi lozim. gazeta.uz »

2025-10-10 07:54

Til sertifikatiga ega bo‘lmagan o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatish bo‘yicha ko‘rsatma berilmagan — Maktab ta’limi vazirligi

Xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy tillar o‘qituvchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish yuzasidan rasmiy ko‘rsatma berilmagan, deya ma’lum qildi vazirlik. Avvalroq Kasaba uyushmasi til sertifikatiga ega bo‘lmagan xorijiy tillar o‘qituvchilarini ishdan bo‘shatmaslikni so‘ragan edi. gazeta.uz »

2025-8-15 08:08

O‘zbekiston sun’iy intellektning milliy til modelini yaratmoqda. Bu nima va u qanday bo‘ladi?

O‘zbekistonda sun’iy intellektning milliy til modelini ishlab chiqish boshlandi. Mutaxassislarning fikricha, bu raqamli suverenitetni ta’minlaydi, madaniy o‘ziga xoslikni saqlab qoladi hamda tibbiyot, ta’lim va boshqa sohalarda sun’iy intellektni rivojlantirishga turtki beradi. Batafsil - Gazeta maqolasida. gazeta.uz »

2025-8-6 07:38

“Diplomatik bezbetlik”. O‘zbek jamoatchiligi Sergey Lavrovning til masalasidagi so‘zlarini qanday qarshiladi?

O‘zbekistondagi ayrim jamoatchilik faollari Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning Samarqanddagi “Motamsaro ona” yodgorligi yonida rus tilidagi yozuv yo‘qligi haqidagi gapiga munosabat bildirdi. Ularda, asosan, mustaqil mamlakat o‘z hududidagi obidalarda qaysi tilda yozishini o‘zi hal qilishi eslatilgan. gazeta.uz »

2025-4-23 17:57

Deputatlar bola tug‘ilganda otalarga haq to‘lanadigan ta’til berish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi

Deputatlar Mehnat kodeksiga ish joyida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini taqiqlash va oldini olish, bu harakatlardan jabrlanganlarga qo‘shimcha ta’tillar berish, shuningdek, farzandli bo‘lgan erkaklarga haq to‘lanadigan ta’til ajratishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlarni birinchi o‘qishda qabul qildi. gazeta.uz »

2025-1-30 20:40

2024-yilda xorijiy til sertifikati olishda imtihon xarajatidan tashqari 6 oylik o‘qish puli ham qaytariladi

O‘zbekistonda 2024-yilda chet tilini bilish bo‘yicha xalqaro imtihondan yuqori ball olganlarga nafaqat imtihon xarajati, balki olti oylik o‘qish puli ham to‘lab beriladi. Shuningdek, maktablardagi bo‘sh sinf xonalari chet tili repetitorlari va o‘quv markazlari uchun ijara asosida bepul ajratiladi. gazeta.uz »

2024-2-24 09:25