Belarusda bir guruh siyosiy mahbuslar, jumladan, Sergey Tixanovskiy ozod qilindi
Belarusda 14 nafar siyosiy mahbus, jumladan, mamlakat prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskayaning turmush o‘rtog‘i Sergey Tixanovskiy ozod qilindi. Bu Donald Trampning maxsus vakili Kit Kellogning Minskka tashrifidan keyin sodir bo‘ldi. Barcha ozod qilinganlar Litvaga jo‘nab ketdi. gazeta.uz »

