Navoiyda quvur ta’mirlayotgan erkak qum bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi
Navoiyning Qiziltepa tumanida quvurlarni ta’mirlayotgan ishchini qum bosib qoldi. Oqibatda 59 yoshli erkak olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etdi. gazeta.uz »
Bosib - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Navoiyning Qiziltepa tumanida quvurlarni ta’mirlayotgan ishchini qum bosib qoldi. Oqibatda 59 yoshli erkak olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etdi. gazeta.uz »
Navoiy kon-metallurgiya kombinatining “Muruntov” konida BelAZ rusumli karer samosvali xizmat pikapini bosib ketdi. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Mirzo Ulug‘bek tumanida Tracker avtomashinasi mahalla yo‘lida 6 yoshli bolani bosib ketdi, jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘ldi. “Ruldagi ayol umuman yo‘liga qaramagan”, - deydi marhumning otasi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Rossiyaga ishlashga borib, giyohvandlik jinoyati uchun qamalgan 24 yoshli o‘zbekistonlik jazodan erta ozod etilish evaziga Ukrainada Rossiya tomonida jang qilgan. Jangda oyog‘idan ayrilgach, O‘zbekistonga noqonuniy qaytgan. Sud unga 3 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. gazeta.uz »
Yashnobod tumanida 25 yoshli yigit beton plita bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi. Baxtsiz hodisa qurilish obyektida ish vaqtida sodir bo‘lgan. gazeta.uz »
Samarqand shahrida velosipeddagi 14 yoshli qizni bosib ketgan yuk mashinasi haydovchisi 6 yilga qamaldi. U yuk mashinalari harakatlanishi taqiqlangan ko‘chadan harakatlangan. Marhuma oilasiga jami 140 mln so‘m moddiy va ma’naviy zarar undirish belgilandi. Haydovchi oldin ham shu kabi ish bo‘yicha sudlangan. gazeta.uz »
Toshkentda Jaloyir-Sergeli temiryo‘l oralig‘ida yuk poyezdi 22 yoshli yigitni urib ketdi. Hodisa tungi soat 02:00 larda sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u temiryo‘lda yotgan bo‘lgan. Holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda. gazeta.uz »
Janubiy Koreyaning Chinju shahrida yuk mashinasi haydovchisi yuk tashish sohasining miting o‘tkazayotgan xodimlari ustiga mashina haydadi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohatlandi. gazeta.uz »
Qirg‘iziston tarixida ilk bor milliy valyutani mustaqil ravishda chop etish yo‘lga qo‘yildi. Bundan ikki yil avval mamlakat milliy pasportlarni o‘z kuchi bilan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygandi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda transport vositasining odometr ko‘rsatkichlariga o‘zgartirishlar kiritish yoki odometrni almashtirish to‘g‘risida xabardor qilmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etish taklif qilindi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda transport vositasining odometr ko‘rsatkichlariga o‘zgartirishlar kiritish yoki odometrni almashtirish to‘g‘risida xabardor qilmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etish taklif qilindi. gazeta.uz »
Navoiyda xotini, qaynotasi va qaynonasini yuk mashinasida bosib ketib, o‘ldirgan shaxs umrbod ozodlikdan mahrum etildi. Fuqaro ularni bosib ketgandan so‘ng, yana qayrilib, ikkinchi marta ularning ustiga yuk mashinasini haydagan. Mashinadan tushib, chalajon holatdagi xotinini pichoqlagan. gazeta.uz »
Samarqandda piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 8 kishini bosib ketib, ulardan birining o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Piyodalar yo‘lagidan o‘tayotganlar orasida jiyani va farzandini yetaklab ketayotgan homilador ayol halok bo‘lgan. Marhumaning uch nafar farzandi onasiz qolgan. gazeta.uz »
Yakkasaroy tumanida 62-sonli avtobus yo‘lni kesib o‘tayotgan erkakni urib yubordi. Yangihayot tumanida esa 57-sonli avtobus qayrilib olish chog‘ida 18 yoshli qizni bosib ketdi. Har ikkala holatda piyodalar shifoxonaga olib borilgan va tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
Ukraina urushni yakunlash uchun Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarining bir qismini berishga tayyor, deb yozmoqda Daily Telegraph. Buning evaziga Kiyev qurol-yarog‘ yetkazib berish va NATOga a’zolik istiqbollari ko‘rinishidagi xavfsizlik kafolatlarini talab qilmoqda. gazeta.uz »
Marg‘ilon shahrida 3 yoshli bolani bosib ketgan haydovchi ayolga 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. U, shuningdek, 27,3 mln so‘m moddiy va ma’naviy zarar to‘laydi. “Ko‘chaga olib chiqsangiz, mashina kelsa, uyga kiraman, deydi. Qo‘rqib qolgan”, - dedi sudda bolaning otasi. gazeta.uz »
Isroil harbiy-siyosiy kabineti Netanyahuning HAMASni mag‘lub etish uchun G‘azo shahrini to‘liq egallash rejasini ma’qulladi. Bu harakatlar garovga olingan isroilliklar o‘ldirilishi bilan bog‘liq xavotirlar tufayli Isroilda norozilik namoyishlariga sabab bo‘ldi. gazeta.uz »
Marg‘ilon shahrida Lacetti avtomobili 3 yoshli bolani bosib ketdi. Tarqalgan videolarda haydovchi uning baqirganini ham eshitmay hodisa joyidan ketib qolgani ko‘rinadi. “Bir oy to‘shakka mixlanib yotdi. Hozir ham o‘zida emas”, - deydi jabrlanuvning buvisi. gazeta.uz »
Uchtepa tumanida 69-sonli avtobus haydovchisi ehtiyotsizlik oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, bekatga borib urildi. Oqibatda u yerdagi 27 yoshli yigit temir ustunlar tagida qolib, boshi yorilgani aytilmoqda. gazeta.uz »
Toshkentda sodir bo‘lgan kuchli shamol oqibatida daraxt ikki fuqaroni bosib qoldi. Ulardan biri og‘ir ahvolda shifoxona qabulxonasida vafot etgan. Ikkinchisi reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda. gazeta.uz »
Buxoro shahrida ekskavator haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan 64 yoshli ayolni bosib ketdi. Oqibatda piyoda voqea joyida halok bo‘ldi. Hozirda tergov harakatlari boshlangan. gazeta.uz »
Toshkent viloyatidagi Tovoqsoy qamoqxonasida 42 yoshli mahkumni devor bosib qoldi. U oradan besh kun o‘tib, shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina armiyasining Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni ozod qilish uchun kuchlari yetarli emasligini aytdi. U Ukraina xavfsizlik kafolatlarini olishi va mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish kerakligini bildirdi. gazeta.uz »
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi M-39 avtomobil yo‘lida Cobalt mashinasini tog‘dan sirpanib tushgan katta tosh bosib qoldi. Oqibatda salondagi 3 kishi halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Yangihayot tumanidagi temiryo‘l hududida 36 yoshli erkak poyezd bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi. U temiryo‘lda konduktor lavozimida ishlagan. gazeta.uz »
Xatirchi tumanida yuqori tezlikdagi BYD Song Plus Champion mashinasi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 2-sinf o‘quvchisini bosib ketdi. Qiz voqea joyida vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi. gazeta.uz »
Chust tumanida sel vaqtida 16 va 14 yoshli qizlarni uy devori bosib qoldi. Ularning kichigi voqea joyida halok bo‘ldi, kattasi esa og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
Xiva shahrida 11 yoshli bolani devor bosib qoldi. Oqibatda bola tos suyagi sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi. Hodisa bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, holatni bolalar ombudsmani nazoratga oldi. gazeta.uz »
Yakkasaroy tumanida yangi qurilayotgan turar joy chuqurida payvandlash ishlarini olib borayotgan ishchini tuproq bosib qoldi. FVV qutqaruvchilari uning hayotini saqlab qoldi. gazeta.uz »
Toshkent viloyati Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 3-sonli misni boyitish fabrikasida temir konstruksiyalar qulab tushgani yuzasidan mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. gazeta.uz »