Toshkentda bir avtobus qizni bosib ketdi, boshqasi erkakni urib yubordi
Yakkasaroy tumanida 62-sonli avtobus yo‘lni kesib o‘tayotgan erkakni urib yubordi. Yangihayot tumanida esa 57-sonli avtobus qayrilib olish chog‘ida 18 yoshli qizni bosib ketdi. Har ikkala holatda piyodalar shifoxonaga olib borilgan va tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. gazeta.uz »