Farg‘onada mast haydovchi YPX inspektorini urib ketdi. U shifoxonada vafot etdi
Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida mast holda Spark boshqargan haydovchi YPX inspektorining to‘xtash haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmay, uni urib yubordi. Og‘ir jarohat olgan serjant Xayitbek Karimjonov shifoxonada vafot etdi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchi qamoqqa olindi. gazeta.uz »




