Toshkentda Lacetti Qorasuv kanaliga tushib ketdi
Toshkent shahri Mirobod tumanida kechasi rul boshqaruvi yo‘qotilishi oqibatida Lacetti avtomobili Qorasuv kanaliga tushib ketdi. Hech kim jarohatlanmadi. gazeta.uz »
êåòäè - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Toshkent shahri Mirobod tumanida kechasi rul boshqaruvi yo‘qotilishi oqibatida Lacetti avtomobili Qorasuv kanaliga tushib ketdi. Hech kim jarohatlanmadi. gazeta.uz »
Andijon shahrida poyezd 26 yoshli yigitni urib ketdi. U darhol shoshilinch tibbiy yordam markaziga olib kelingan va hayoti saqlab qolingan. Bemorning holati o‘rta og‘irlikda deb baholanmoqda. gazeta.uz »
Xususiylashtirilganidan so‘ng Milliy banklararo protsessing markaziga (Humo) yangi direktor tayinlandi. Shuhratbek Qurbonov o‘rniga Octobank rahbarining sobiq o‘rinbosari Aleksey Maksimov to‘lov tizimining yangi raisi bo‘ldi. gazeta.uz »
Tarmoqlarda Chilonzor tumanidagi Do‘mbirobod city turar joy majmuasining sotuv ofisida yong‘in sodir bo‘layotgani aks etgan videolar tarqaldi. Toshkent shahri FVBga ko‘ra, yong‘in yarim soatda o‘chirilgan. gazeta.uz »
Farg‘ona viloyatidagi “Oxunboboyev” va “Marg‘ilon” bekatlari oralig‘ida Nexia-3 haydovchisi poyezdni ilon izi usulida aylanib o‘tishga urindi. Oqibatda mashina poyezd tagida qoldi. Haydovchi shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
Olmazor tumanidagi ko‘chada 31-yo‘nalishdagi avtobuslardan biri yonib ketdi. Toshkent FVBga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in sababi hozircha noma’lum. gazeta.uz »
Ukraina prezidentiga ko‘ra, Trampning Zelenskiyning reytingi 4 foizgacha tushib ketgani haqidagi ma’lumoti “Rossiya dezinformatsiyasi”dir (Kiyev sotsiologiya institutiga ko‘ra, bu - 57%). U, shuningdek, saylov o‘tkazishga chaqiriqlarga javoban: “Meni hoziroq almashtirmoqchi bo‘lishsa, buning iloji yo‘q”, - dedi. gazeta.uz »
Øàâêàò Ìèðçè¸åâ Êóâàéòäà ðàñìèé òàøðèô áèëàí 17-18 ôåâðàëü êóíëàðè á¢ëàäè. ru.sputniknews-uz.com »
Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 260-maktab yonginasida Nexia-3 mashinasi 10 yoshli maktab o‘quvchisini urib yubordi. Piyoda shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
Namangan shahrida Gentra haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan 67 yoshli fuqaroni urib yubordi va qochib ketdi. Piyoda voqea joyida halok bo‘ldi. YHXB haydovchini topish maqsadida hududdagi qora rangli Gentra’larni bir yerga to‘plab, tekshirmoqda. gazeta.uz »
Oqdaryo tumanida Cobalt haydovchisi YPX xodimini mashina eshigida sudrab ketdi. Haydovchi qo‘lga olindi va jinoiy ish ochildi. “YPX xodimidan qochib, oxiri qamoqqacha yetib keldim”, - dedi u. gazeta.uz »
Buxoro viloyatining Jondor tumanida YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan Cobalt haydovchisi to‘satdan harakatlanib, ulardan birini urib ketdi. Voqea yuzasidan hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Srechko Katanets futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi. Uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi. gazeta.uz »
Chilonzor tumanidagi avtoturargohda turgan Nexia butunlay yonib ketdi. Yong‘in oqibatida jarohat olganlar bo‘lmagan. Yong‘in sababi hozircha aniq emas. gazeta.uz »
Sport kurashlari assotsiatsiyasiga rahbarlik qilib kelgan Salim Abduvaliyev lavozimdan ketdi. Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev assotsiatsiya raisi etib saylandi. gazeta.uz »
Toshkentda 169-yo‘nalishdagi Mercedes-Benz avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi, jabrlanganlar yo‘q. gazeta.uz »
Dekabr boshida Koreya Respublikasi prezidenti harbiy holat e’lon qildi, keyin esa jamoatchilik bosimi ostida uni bekor qildi. “Gazeta.uz” ushbu mamlakatda yashovchi o‘zbekistonliklar bilan siyosiy voqealar ularning hayotiga qanday ta’sir qilgani haqida suhbatlashdi. gazeta.uz »
Yunusobod tumanida Matiz beton to‘siqqa urilganidan so‘ng butunlay yonib ketdi. Hodisa oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q. gazeta.uz »
Tadbirkor Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti lavozimidagi faoliyatini to‘xtatdi, deb xabar berdi uning vakili. Qaror «FIE manfaatlaridan kelib chiqib» qabul qilingani ta’kidlandi. gazeta.uz »
2018-yildan beri Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Erkinjon Turdimov prezident farmoni bilan lavozimdan olindi. Uning o‘rnini Hisob palatasi raisi lavozimida ishlagan Adiz Boboyev hokim vazifasini bajaruvchi sifatida egalladi. gazeta.uz »
Namanganda Damas haydovchisi to‘xtash belgilariga amal qilmasdan, temiryo‘lni kesib o‘tishga urindi va elektrovozning yuk vagoniga urildi. U og‘ir jarohatlar bilan voqea joyida halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Mirzo Ulug‘bek tumanida Tracker avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi. Mashina to‘liq yonib ketgan, jarohatlanganlar yo‘q. gazeta.uz »
Qamchiq dovonida old g‘ildiragi chiqib ketishi oqibatida yuk mashinasi yonib ketdi. Hodisa sabab dovon yo‘li vaqtincha yopildi. gazeta.uz »
Qamchiq dovonida qisqa tutashuv sabab yuk avtomobili yonib ketdi. Dovon yo‘lida harakat vaqtinchalik to‘xtatildi. gazeta.uz »
Toshkentning Yunusobod tumanida Nexia 3 yo‘l chetidagi beton bordyurga borib urildi. Oqibatda mashinada yong‘in yuzaga keldi. Uni o‘chirish uchun beton aralashtirgich transportidagi suvdan ham foydalanildi. gazeta.uz »
Toshkentda temiryo‘lning belgilangan qismidan velosipedda kesib o‘tayotgan 15 yoshli bolani poyezd urib ketdi. U bir qancha jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
Prezident amaliy tashrif bilan Ashxobodga jo‘nab ketdi. U yerda Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro forum bo‘lib o‘tadi. Shu oyda O‘zbekistonda ham shoir va mutafakkirning yubileyi nishonlanadi. gazeta.uz »
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida haydovchi qo‘l tormozini ko‘tarishni unutgani sababli “VAZ-2016” mashinasi Zang kanaliga tushib ketdi. U maxsus texnikalar yordamida olib chiqildi. gazeta.uz »
Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Rossiya poytaxti Moskva shahriga jo‘nab ketdi. Mamlakat rahbari MDH ishtirokchi davlatlari rahbarlarining navbatdagi sammitida ishtirok etadi. gazeta.uz »
Energetika vaziri apreldan sentabrgacha propanning birja narxi 2 baravarga oshgani haqidagi savolga javob berdi. Jo‘rabek Mirzamahmudovning aytishicha, bunga jumladan propan-butan ishlab chiqarish yetarli darajada oshmagani, propanda harakatlanuvchi avtotransportlar soni esa 1,57 baravar oshgani sabab bo‘lgan. gazeta.uz »
Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari Komil Allamjonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. gazeta.uz »
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida bir-biriga tutash ikkita hovli uy yonib ketdi. Yong‘inni o‘chirishga 4 ta ekipaj va 3 ta suv tashuvchi transport jalb etildi. Jarohatlanganlar yo‘q, hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda. gazeta.uz »
Toshkent shahri Yunusobod tumanida Matiz bilan to‘qnashgan Nexia-3 avtomashinasi yonib ketdi, bir haydovchi jarohatlandi. Boshqa holatda Lacetti’da yong‘in chiqdi. Surishtiruv ishlari boshlandi. gazeta.uz »
Chirchiq shahrida Spark haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida kanalga tushib ketdi. Mashina FVB xodimlari tomonidan chiqarib olindi. Voqea oqibatida jarohatlanganlar yo‘q. gazeta.uz »
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi gaz quyish shoxobchasida Isuzu avtobusining dvigatel qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etildi, jarohatlanganlar yo‘q. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi. Prezident u yerda V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari musobaqalarining ochilish marosimida qatnashadi. gazeta.uz »
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Jetour avtomobili ko‘priqdan o‘tayotib G‘azalkent suv taqsimlash inshootiga tushib ketdi. FVV qutqaruvchilari maxsus texnika yordamida avtomobilni suvdan olib chiqdi. Haydovchi jarohatlanmadi. gazeta.uz »
Zangiota tumanida harakatlanib ketayotgan Damas to‘liq yonib ketdi. Haydovchi avtomobildan tushib qolgan. Hech kim jarohat olmagan. gazeta.uz »
Payariq tumani tez tibbiy yordam binosining yonida Isuzu yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hodisa joyidagi Cobalt yong‘in ta’sirida zararlangan bo‘lishi mumkin. gazeta.uz »
Yunusobod tumanida Tracker mashinasi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib ketdi. Oqibatda piyoda jarohat oldi. Surishtiruv ishlari boshlandi. gazeta.uz »
Yunusobod tumanida qisqa tutashuv sabab Lada Largus mashinasi yonib ketdi. Yong‘inda hech kim jarohatlanmadi. Hozirda holat sabablari o‘rganilmoqda. gazeta.uz »
Yangiyo‘l tumanida o‘zi bilan bir yo‘nalishdagi Gentra`ga urilgan Damas ag‘darilib ketdi. YTH oqibatida bir yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatildi. gazeta.uz »
Samarqandda qisqa tutashuv sabab Matiz mashinasi butunlay yonib ketdi. Yong‘in yo‘l chetidagi g‘alladan bo‘shagan yer maydoniga ham o‘tdi. O‘t o‘chiruvchilar holatni 50 daqiqada bartaraf etdi. gazeta.uz »
Samarqand shahridan oqib o‘tuvchi Siyob kanaliga Nexia 2 avtomobili tushib ketdi. Voqeaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan. FVB xodimlari mashinani chiqarib oldi. gazeta.uz »
Yakshanbaga o‘tar kechasi Qamchiq dovonida Iveco yuk mashinasi beton to‘siqqa urilib, yonib ketdi. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q, mashinalar ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda. gazeta.uz »
Olmazor tumanida ayol ijtimoiy tarmoqda tanishgan boshqa ayolga ikki nafar farzandini tashlab ketib, 45 kun davomida xabar olmagani ma’lum bo‘ldi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Ona bilan aloqa o‘rnatilgan. U tashlab ketgan farzandlari bolalar uyiga joylashtirildi. gazeta.uz »
Sharof Rashidov tumanida Cobalt elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida yonib ketdi. Yong‘in oqibatida jarohat olganlar yo‘q. Bu transport vositalari yonib ketishi bilan bog‘liq bir kun ichidagi uchinchi holat. gazeta.uz »
Sergeli tumanida Mercedes-Benz avtobusida yong‘in kelib chiqdi. Hodisa oqibatida jarohati olganlar yo‘q. gazeta.uz »
Uchtepa tumanida Mercedes-Benz rusumli transport vositasi yonib ketdi. Yong‘inga salon qismidagi elektr simlarida qisqa tutashuv sabab bo‘lgani ma’lum qilindi. gazeta.uz »
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida harakatdagi Lacetti`ning salonida yong‘in yuzaga keldi. Uni o‘chirishga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. Hech kim jarohatlanmadi. gazeta.uz »