Ðåçóëüòàòîâ: 53

“Talab kechiktirilsin, o‘qish narxi va muddati kamaytirilsin, imtihon mototsiklda olinmasin”. Kurer nolasi va mas’ullarning bunga munosabati

O‘zbekistonda 1-oktabrdan moped va skuter haydash uchun avtoraqam va haydovchilik guvohnomasini talab qiluvchi qonun kuchga kiradi. Talab kuchga kirishi oldidan Gazeta ushbu transport vositalarining asosiy foydalanuvchisi - kurerlar, shuningdek, yetkazib berish kompaniyalari va rasmiylarning fikrlarini o‘rgandi. gazeta.uz »

2025-9-29 19:02

Eskrou hisoblari joriy etilishi natijasida uy-joy narxi oshishi mumkin — Quruvchilar assotsiatsiyasi raisi

O‘zbekistonda ulushli qurilish uchun eskrou hisoblarini joriy etish taklif hajmining kamayishi sababli uy-joy narxining oshishiga olib kelishi mumkin. Quruvchilarga banklardagi eskrou hisoblarida saqlanayotgan ulushchilarning mablag‘lari hisobidan foizsiz yoki past foizli stavka bilan mablag‘ berish taklif qilindi. gazeta.uz »

2025-7-18 14:23

O‘zbekistonda may oyida inflyatsiya energoresurslar narxi oshishi fonida 1,5 foizgacha tezlashdi

May oyida O‘zbekistonda inflyatsiya 1,5 foizgacha tezlashdi, bu o‘tgan yil maydan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Narxlarning yillik o‘sishi 8,7 foizgacha sekinlashdi. Gaz (+39,2%), elektr (+18,8), suyultirilgan gaz (+25) tariflari oshishi o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Go‘sht, yog‘ va shakar qimmatladi, sabzavotlar arzonladi. gazeta.uz »

2025-6-2 13:47

Inflyatsion kutilmalar: Kommunal xizmatlar qimmatlashishi va energiya narxi asosiy xavotir bo‘lib qolmoqda

Aprelda aholining inflyatsion kutilmalari 14,2 foizni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishsiz qoldi. Tadbirkorlarning kutilmalari esa biroz pasayib 12,8 foizgacha tushdi. Aholida ham, tadbirkorlarda ham kommunal xizmatlar hamda yoqilg‘i va energiya narxining qimmatlashishi asosiy xavotir bo‘lib qolmoqda. gazeta.uz »

2025-5-13 10:13

O‘zbekistondagi kichik AES narxi 2 mlrd dollardan oshmaydi — “O‘zatom” rahbari

“O‘zatom” rahbari O‘zbekistondagi kichik AESning qiymati 2 mlrd dollardan past bo‘lishini ma’lum qildi. Loyiha Rossiya mablag‘larini jalb qilmasdan, tashqi investitsiyalar va Xitoyning imtiyozli kreditlari hisobidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan, dedi u. Ular davlat budjetini minimal darajada ishlatmoqchi. gazeta.uz »

2025-3-24 13:06

“Nega propan narxi keskin oshishiga qarshi tezkor choralar ko‘rilmadi?” — “Adolat” deputati davlat organlariga so‘rovlar yubordi

“Adolat” partiyasi deputati Muhammad Valiyev so‘nggi oylarda propan narxi keskin oshgani sababli mas’ul idoralarga so‘rovlar yo‘lladi. So‘rovlarda narxlar oshishining sabablari, ularni barqarorlashtirish va narx shakllanishining shaffofligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi savollar ko‘tarilgan. gazeta.uz »

2024-11-28 08:05

Toshkentda ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi kvadratiga 1140 dollarni tashkil etmoqda — ITIM

Toshkentda ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi fevral oyida 1,6 foizga oshib, kvadratiga 1140 dollarni tashkil etdi. Poytaxtning uchta tumani - Mirobod, Yashnobod, Yakkasaroyda narxlar oshdi, Bektemir va Uchtepa tumanlarida esa pasaydi, deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhida. gazeta.uz »

2024-3-13 14:00