Ðåçóëüòàòîâ: 24

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 50 mlrd dollardan oshdi — bu yangi tarixiy maksimum

Avgust oyida O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 50 mlrd dollardan oshdi, bu kuzatuvlar boshlangan 2013-yildan buyon rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. O‘sishga jahon bozorlarida oltin narxining ortishi sabab bo‘ldi: birgina avgust oyida narx ko‘tarilishining ta’siri 1,2 mlrd dollarni tashkil etdi. gazeta.uz »

2025-9-8 17:12

O‘zbekiston zaxiralari dekabr oyidan beri birinchi marta kamaydi, ammo oltin zaxirasi qiymati rekordni yangiladi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari iyun oyi yakunlariga ko‘ra 1,1 mlrd dollarga kamayib, 48,55 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu dekabr oyidan beri birinchi qisqartirish. Markaziy bank zaxiralardagi oltinning fizik hajmini 9 tonnaga oshirib, uning qiymatini rekord darajadagi 38,42 mlrd dollarga yetkazdi. gazeta.uz »

2025-7-8 11:09

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yil boshidan buyon yana 2,37 mlrd dollarga kamaydi, mablag‘ning bir qismi yevrobondlarni to‘lashga yo‘naltirildi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 2,37 mlrd dollarga qisqarib, 32,2 mlrd dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yil sentabridan beri eng kam ko‘rsatkich. Oltinning fizik hajmi o‘zgarmagan, ammo oltin va valyuta zaxiralarining qiymati pasaygan. gazeta.uz »

2024-3-11 18:05