O‘zbekiston zaxiralari dekabr oyidan beri birinchi marta kamaydi, ammo oltin zaxirasi qiymati rekordni yangiladi
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari iyun oyi yakunlariga ko‘ra 1,1 mlrd dollarga kamayib, 48,55 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu dekabr oyidan beri birinchi qisqartirish. Markaziy bank zaxiralardagi oltinning fizik hajmini 9 tonnaga oshirib, uning qiymatini rekord darajadagi 38,42 mlrd dollarga yetkazdi. gazeta.uz »









