Ðåçóëüòàòîâ: 75

Ko‘chmas mulk sotib oluvchilarni avvalgi egalarning qarzlaridan himoya qilish taklif etilmoqda

Raqobat qo‘mitasi ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalaridan avvalgi egasining qarzlarini yangi mulkdor zimmasiga yuklashga imkon beruvchi bandlarni chiqarib tashlashni taklif qildi. Idoraning ta’kidlashicha, bunday bandlar “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga ziddir. gazeta.uz »

2026-5-7 14:52

“Asakabank”ni xususiylashtirish jarayoni tezlashtiriladi, YeTTB uning 15% aksiyasini sotib olishi mumkin

“Asakabank”ni xususiylashtirishni jadallashtirish to‘g‘risidagi qaror imzolandi. Qaror bankning 15 foizgacha aksiyalarini YeTTBga sotish imkoniyatini nazarda tutadi. Hujjatda, shuningdek, bankni davlat hisobidan 95 mln dollarga qo‘shimcha kapitallashtirish va muammoli kreditlarni qoplash mexanizmi ham ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2026-4-21 19:06

500 dollargacha: O‘zbekistonda naqd chet el valyutasini pasportsiz sotib olishda limit oshirilishi mumkin

O‘zbekiston Markaziy banki naqd chet el valyutasini pasport ko‘rsatmasdan sotib olish limitini 100 dollardan 500 dollargacha oshirishni taklif qildi. Shuningdek, hisobraqam ochmasdan amalga oshiriladigan operatsiyalarda mijozlarni majburiy identifikatsiya qilish chegarasini pasaytirish ham rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2026-3-25 18:12

“Sotib olingan shashlik va o‘choqdagi palov”. Qo‘qon aholisi to‘rt kundan buyon gazsiz yashamoqda

Qo‘qon aholisi to‘rt kundan buyon gazsiz yashamoqda, ko‘plab tumanlarda esa vaqti-vaqti bilan elektr o‘chmoqda. Gaz yo‘qligi haqida Farg‘ona vodiysining boshqa hududlaridan ham xabarlar kelmoqda. Qo‘qonlik ayol Gazeta`ga sovuq kunlarda odamlar gaz va chiroqsiz qanday kun kechirayotgani haqida so‘zlab berdi. gazeta.uz »

2026-3-15 08:07

“O‘zkimyosanoat” “Samarqandkimyo”dagi ulushini 30 mln dollarga sotib oldi — avvalroq zavod investorga bepul berilgan edi

“O‘zkimyosanoat” “Samarqandkimyo” kimyo zavodining 16,92 foiz ulushini 30 mln dollarga sotib oldi. 2020-yilda korxona investorga “nol” qiymatda majburiyatlar, shu jumladan, 2023-yil 1-iyulgacha yangi majmuani ishga tushirish sharti bilan berilgan, biroq bu amalga oshirilmagan. Qurilish ishlari 34,6% ga bajarildi. gazeta.uz »

2026-3-14 15:52

O‘zbekiston Xitoy va Janubiy Koreyadan o‘nlab poyezdlar sotib oladi, Hyundai Rotem dekabrdan kela boshlaydi

Hyundai Rotem tezyurar poyezdlari dekabrdan O‘zbekistonga yetib kela boshlaydi, 2026-yildan esa “Toshkent - Urganch - Xiva” yo‘nalishida harakatlanadi. Toshkent va uning aglomeratsiyasi uchun 23 ta “elektrichka”, tog‘li uchastkalar uchun Janubiy Koreya poyezdlari va Xitoydan 88 ta lokomotiv xarid qilish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2025-11-13 20:57

Mubadala va TAQA O‘zbekistonning Talimarjon energomajmuasidagi IESni sotib oldi

BAAlik investorlar Mubadala va TAQA Talimarjon energomajmuasidagi 875 MVt quvvatga ega parogazli elektr stansiyaning 40% dan ulushini sotib oldi. Bitim “O‘zenergosotish” davlat korxonasiga 25 yil xususiy operatordan energiya sotib olish majburiyatini o‘z ichiga oladi. Hukumat kelishuvga rasman izoh bermadi. gazeta.uz »

2025-6-2 19:42

Trampning qasosidan qo‘rqqan taxminiy raqiblari qurol sotib olmoqda va mamlakatni tark etishga tayyorlanmoqda — WP

AQShda turli sabablar bilan Trampning g‘azabini qo‘zg‘atgan rasmiylar va’da qilingan qasosdan qo‘rqmoqda. Ular jinoiy ta’qibga tayyorgarlik ko‘rib, chemodanlarini yig‘yapti, qurol sotib olyapti. Tramp natijalari o‘g‘irlangan deb hisoblaydigan 2020-yilgi saylov tashkilotchilari eng ko‘p xavotirda, deb yozdi WP. gazeta.uz »

2025-1-29 19:32