Ðåçóëüòàòîâ: 16

O‘zbekiston 2030-yildan oldinroq o‘rtachadan yuqori daromadli mamlakatlar qatoriga kirishi mumkin — bosh vazir o‘rinbosari

O‘zbekiston islohotlar va mehnat unumdorligining oshishi hisobiga 2030-yildan oldin o‘rtachadan yuqori daromadli mamlakatlar qatoriga kirishi mumkin, dedi Jamshid Qo‘chqorov. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning fikricha, bu maqsadga 2027-yilgacha erishish mumkin, biroq natija tashqi omillarga ham bog‘liq. gazeta.uz »

2025-11-19 13:44

Shavkat Mirziyoyev dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan mamlakatlar muammolarini yechish uchun takliflar berdi

O‘zbekiston prezidenti dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan mamlakatlar uchun umumiy tahdid va muammolarni yengib o‘tish bo‘yicha takliflar berdi. Tranzit kafolatlari to‘g‘risidagi global bitim, logistika integratsiyasiga ko‘maklashish jamg‘armasi, Zaiflik global indeksi shular jumlasidan. gazeta.uz »

2025-8-5 13:37

Inflyatsiya fonida rivojlangan mamlakatlar aholisining hukumatga ishonchi yo‘qolishda davom etmoqda — FT

Inflyatsiyaning o‘sishi rivojlangan mamlakatlar aholisining noroziligini keltirib chiqarib, hukumatga bo‘lgan ishonchga putur yetkazmoqda. Saylovchilarning iqtisodiy vaziyatdan hafsalasi pir bo‘lishi Trampning AQShdagi g‘alabasi hamda Britaniya va Yaponiya hukmron partiyalarining mag‘lubiyatiga olib keldi, deb yozadi FT. gazeta.uz »

2024-11-13 19:53