Ðåçóëüòàòîâ: 63

Apple, Google, Meta va boshqa xorijiy kompaniyalar 3 oyda O‘zbekistonda 65 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘ladi

2026-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 89 ta xorijiy kompaniya 65,7 mlrd so‘m soliq to‘ladi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 81 foizga ko‘p. Bir yil ichida elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar soni 21 taga, xizmatlar hajmi qariyb 80 foizga oshgan. gazeta.uz »

2026-5-8 08:12

“Mutlaqo boshqa mamlakatmiz”. 2025-yilda O‘zbekiston kimga va qancha hajmda elektr energiyasi eksport qildi?

Bir necha yil oldin elektr energiyasi importchisi bo‘lgan O‘zbekiston endi uni Markaziy Osiyo davlatlariga eksport qilmoqda, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat “ishonchli ishlab chiqaruvchi”, tranzit yo‘lagi va energiya tizimlarining mintaqaviy integratoriga aylanmoqda. gazeta.uz »

2026-5-7 12:58

“O‘zbekistonning boshqa biror davlat bilan bunday ko‘rsatkichi yo‘q”. Bosh vazir — Rossiya bilan aviaqatnovlar haqida

2025-yilda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 13 mlrd dollardan oshgan, 2026-yilning dastlabki ikki oyida esa yana 30 foizga ko‘paygan, dedi Abdulla Aripov. Tomonlar sanoat, energetika va transport sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish orqali ko‘rsatkichni 30 mlrd dollarga yetkazmoqchi. gazeta.uz »

2026-4-14 09:55

“Bu yerda boshqa faktorlar bor”. Endi ingliz tili o‘qituvchilari attestatsiya natijalaridan norozi, bu gal — yoppasiga

O‘zbekiston bo‘ylab bir necha minglab ingliz tili o‘qituvchilari oktabrda o‘tkazilgan attestatsiya natijalaridan norozi. Ular sinovlar haddan tashqari qiyin bo‘lgani, ba’zi savollar esa bahsli ekanini aytmoqda va jarayonni qayta tashkil etishni so‘ramoqda. Gazeta vaziyatni o‘rgandi. gazeta.uz »

2025-11-4 18:56

O‘zbekistonda Meta, Apple, Google va boshqa kompaniyalar 9 oyda qariyb 125 mlrd so‘m soliq to‘ladi

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 73 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2025-yilning 9 oyida 124,8 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu 2024-yilning mos davriga nisbatan 44 foizga ko‘p. Soliqlarning 93 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi. gazeta.uz »

2025-10-29 07:51

Toshkentda issiqxona va sanoat obyektlarini ko‘mirdan boshqa energiya manbalariga o‘tkazish rejalashtirilmoqda

Toshkent shahri va viloyatida issiqxona hamda sanoat obyektlarini ko‘mirdan boshqa energiya manbalariga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, tegishli qarori loyihasida korxona va issiqxonalarda chang va gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish, mavjud qozonlarni zamonaviylariga almashtirish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2025-10-27 09:47

Fransiya va Britaniyada pensionerlar aholining boshqa istalgan qatlamidan farovonroq yashamoqda — FT

Fransiya va Britaniyada pensionerlar daromadi mehnatga layoqatli aholi daromadlaridan tezroq o‘sib, ular aholining boshqa istalgan qatlamidan farovonroq yashamoqda, deb yozdi FT. Bu aholi keksayishi, umr ko‘rish davomiyligi uzayishi fonida siyosiy kun tartibi pensionerlar ta’siri ostida ekani bilan izohlanmoqda. gazeta.uz »

2025-9-16 15:06

To‘plagan balli boshqa oliygohdagi to‘lmagan yo‘nalishga to‘g‘ri kelgan talabalar o‘qishga kirishi mumkin bo‘ladi

Prezident abituriyentlarga o‘qishga kirishda yana bir imkoniyat berilishini ma’lum qildi. Endi abituriyentlar 5 ta oliygohdan birortasiga kirolmagan bo‘lsa, lekin to‘plagan balli boshqa oliygohdagi to‘lmagan yo‘nalishga to‘g‘ri kelsa, shu oliygoh rektori ularni kontrakt asosida qabul qilishi mumkin bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-8-8 14:30

Meta, Apple, OpenAI va boshqa xorijiy kompaniyalar 6 oyda O‘zbekistonda 78 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘ladi

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 72 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2025-yilning I yarim yilligida 78,2 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu 2024-yilning mos davriga nisbatan 42 foizga ko‘p. Soliqlarning 94 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi. gazeta.uz »

2025-8-4 13:56

O‘zbekistonliklarga Kanada, Avstraliya va boshqa davlatlar vizasi uchun hujjat topshirish soddalashtirilishi mumkin

O‘zbekiston fuqarolariga Kanada, Avstraliya va Argentina kabi davlatlar vizalarini rasmiylashtirish tartibi soddalashtirilishi mumkin - onlayn suhbat va hujjat topshirish jarayonlarini mamlakatdagi VFS Global kompaniyasi ofislari orqali amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda. gazeta.uz »

2025-7-8 18:45

O‘zbekistonliklarga Kanada, Avstraliya va boshqa davlatlarga viza tartibi soddalashtirilishi mumkin

O‘zbekiston fuqarolariga Kanada, Avstraliya va Argentina kabi davlatlar vizalarini rasmiylashtirish tartibi soddalashtirilishi mumkin - onlayn suhbat va hujjat topshirish jarayonlarini mamlakatdagi VFS Global kompaniyasi ofislari orqali amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda. gazeta.uz »

2025-7-7 18:45

“O‘zbekiston Afg‘oniston va mintaqaning boshqa mamlakatlariga kirishda darvoza bo‘lishi mumkin” — Slovakiya bosh vaziri

“Agar biz, slovaklar, aql bilan ish tutsak, O‘zbekiston biz uchun Afg‘oniston va mintaqaning boshqa mamlakatlariga kirish darvozasi bo‘lishi mumkin”, - dedi Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso. U AES va mehnat migratsiyasidagi qo‘shma loyihalarga qiziqish bildirdi. Uning aytishicha, Slovakiya 150 ming ishchiga muhtoj. gazeta.uz »

2025-6-10 12:08

Istanbulda boshqa kishini ruxsatsiz suratga tushirgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilinadigan bo‘ldi

O‘zbekiston fuqarosi Istanbul metropolitenida ruxsatsiz tarzda turk fuqarosini suratga olgach, ayol uning ustidan shikoyat qildi. O‘zbekistonlikning Turkiyada ishlash ruxsatnomasi bekor qilindi va majburiy deportatsiya choralari ko‘rilmoqda. Bu harakat mamlakatda shaxsiy hayot daxlsizligini buzishdir. gazeta.uz »

2025-4-17 14:38

Prezident matbuot kotibi — PA va boshqa davlat organlarida shtatlarni qisqartirish to‘g‘risida

Davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov Prezident administratsiyasi shtatlari 50 foizga qisqartirilishi haqidagi ma’lumot “rasman tasdiqlanmagani”ni aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayonning hajmi va ko‘lami tegishli o‘rganish va tahlillar o‘tkazilgandan keyingina ma’lum bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-2-7 15:40