Ðåçóëüòàòîâ: 312

Toshkentda noto‘g‘ri “parkovka” qilingan avtomobillarni jarima maydoniga olib ketish boshlanadi

Toshkentda piyodalar yo‘laklarida, bekatlarda, yashil hududlarda qoldirilgan avtomobillar jarima maydonlariga olib ketila boshlanadi. YHTEM tartibli shaharni yaratish ishlarining keyingi bosqichida noto‘g‘ri joyda qoldirilgan avtomobillarga nisbatan qat’iy chora ko‘rish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2026-5-15 12:57

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarning P2P orqali qabul qilingan tushumlarini tekshirmoqda

Soliq qo‘mitasi savdo bilan shug‘ullanuvchi ayrim tadbirkorlarda savdo amaliyotlari P2P - plastik kartadan plastik kartaga pul o‘tkazmalari orqali amalga oshirilayotgan holatlarni tahlil qilmoqda. Aniqlangan holatlar asosida soliq hisobotlarida aks ettirilmagan daromadlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi. gazeta.uz »

2026-5-13 08:20

Beeline abonentlarining raqamlaridan tunda qilingan qo‘ng‘iroqlar yuzasidan izoh berdi

O‘zbekistondagi Beeline abonentlari tunda raqamlaridan (o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan holda) qo‘ng‘iroqlar bo‘lganidan shikoyat qildi. Kompaniyaning bildirishicha, servislardan birining texnik xususiyati sababli qo‘ng‘iroqlar bir necha soat kechikish bilan yetib borgan. Operator aloqada uzilishlar bo‘lmaganini ta’kidladi. gazeta.uz »

2026-4-3 09:31

Bojxonalarda 6 oyda musodara qilingan valyuta hajmi 2024-yilning shu davriga nisbatan 3 barobarga, zargarlik buyumlari esa 2 barobarga ortgan

O‘zbekiston bojxonalarida yarim yilda 564 mlrd so‘mlik tovar va moddiy boyliklarning noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi. Bunda musodara qilingan valyuta hajmi 2024-yilning shu davriga nisbatan 3 barobarga, zargarlik buyumlari esa 2 barobarga ortgan. gazeta.uz »

2025-7-11 08:22

“Agrobank” bir yil avval e’lon qilingan material uchun Uzdiplomat.uz va jurnalistni sudga berdi

“Agrobank”da korrupsiya alomatlari kuzatilayotgani haqida bir yil avval e’lon qilingan material uchun Uzdiplomat.uz nashri va jurnalist Nodir Norto‘rayevga chora ko‘rildi. Ular bankning ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar tarqatishda aybdor deb topildi. Nashrga raddiya chiqarish majburiyati yuklandi. gazeta.uz »

2025-4-17 07:51

Qirg‘iziston Rossiyaga hammomda qirg‘izistonliklarga qilingan haqoratomuz harakatlar yuzasidan nota yubordi

Moskvadagi “Bodrost” hammomida politsiya reyd o‘tkazib, 60 ga yaqin Qirg‘iziston fuqarosini ommaviy hibsga olgani va kuch ishlatgani aytilmoqda. Qirg‘iziston TIV bunday choralar sababini tushuntirishni va, “asossiz bo‘lgan taqdirda”, javob berishni so‘rab, Rossiya elchisiga nota topshirdi. gazeta.uz »

2025-4-14 13:52