Ðåçóëüòàòîâ: 10

Toshkentda noto‘g‘ri “parkovka” qilingan avtomobillarni jarima maydoniga olib ketish boshlanadi

Toshkentda piyodalar yo‘laklarida, bekatlarda, yashil hududlarda qoldirilgan avtomobillar jarima maydonlariga olib ketila boshlanadi. YHTEM tartibli shaharni yaratish ishlarining keyingi bosqichida noto‘g‘ri joyda qoldirilgan avtomobillarga nisbatan qat’iy chora ko‘rish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2026-5-15 12:57

“Natijalarga mahliyo bo‘lib, xotirjamlikka berilish noto‘g‘ri”. Prezident raisligidagi yig‘ilishda qanday masalalar ko‘rib chiqildi?

Prezident raisligida 2026-yilning birinchi choragidagi iqtisodiy o‘sish tahlili bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda inflyatsiyani jilovlash, investitsiya muhitini yaxshilash, SI orqali kredit tizimini joriy etish kabi masalalar ko‘rib chiqildi. gazeta.uz »

2026-4-24 20:19

Yerusti o‘tish joylari qaytarilmasa, xiyobon rekonstruksiyasi noto‘liq bo‘ladi — Gazeta fikri

Amir Temur xiyobonini svetoforli yerusti o‘tish yo‘laklarini qaytarmasdan turib rekonstruksiya qilish noto‘liq ish bo‘ladi, deb hisoblaydi Gazeta. Shaharliklar va poytaxt mehmonlarini o‘ziga tortadigan asosiy maskanlardan biri, 17 yildirki, piyodalar uchun qulay va xavfsiz o‘tish imkoniyatidan mahrumligicha qolmoqda. gazeta.uz »

2026-3-25 20:53

Salkam 6 yilda maishiy gaz ballonidan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida 31 kishi vafot etdi — “Hududgazta’minot”

2020-yildan beri maishiy gaz ballonidan noto‘g‘ri foydalanish tufayli O‘zbekistonda 83 ta baxtsiz hodisa kuzatildi: bunda 31 kishi halok bo‘lgan, 129 kishi jarohatlangan. “Hududgazta’minot”ga ko‘ra, hozirda Norin tumanida gaz ballonlarini maxsus temir qutilar ichiga o‘rnatish bo‘yicha pilot loyiha boshlangan. gazeta.uz »

2025-11-18 04:37

“Prezident qarori noto‘g‘ri talqin qilingan”. Sirdaryoda tadbirkorlar quyosh paneli o‘rnatmagani uchun elektrdan uzildi

Sirdaryoda elektrdan uzilgan tadbirkorlar hokimiyat binosi oldiga yig‘ildi va HETK tomonidan asossiz ravishda, quyosh paneli o‘rnatmagani uchun tarmoqdan uzib qo‘yilganini qayd etdi. Sirdaryo HETK holatga munosabat bildirib, mas’ullar prezident qarorini noto‘g‘ri talqin qilganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2024-9-23 15:14