Ðåçóëüòàòîâ: 33

O‘zbekistonliklar 9 oyda quyosh elektr energiyasini sotishdan 153,6 mlrd so‘m daromad oldi

2025-yilning yanvar-sentabrida O‘zbekistonda 35 284 nafar fuqaro elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun davlat budjetidan subsidiya oldi. “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida to‘langan mablag‘lar jami 153 643 mlrd so‘mni tashkil etdi, shuning qariyb beshdan bir qismi sentabr oyiga to‘g‘ri keldi. gazeta.uz »

2025-11-3 13:05

O‘zbekistonliklar yarim yilda quyosh elektr energiyasini sotishdan 63,5 mlrd so‘m daromad oldi

2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda 28 538 nafar fuqaro elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun davlat budjetidan subsidiya oldi. “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida to‘langan mablag‘larning umumiy summasi 63,498 mlrd so‘mni tashkil etdi, shuning uchdan bir qismi iyun oyiga to‘g‘ri keldi. gazeta.uz »

2025-8-6 12:23

O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari yil boshidan buyon 5 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqardi

O‘zbekistonda yil boshidan beri quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 5 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Generatsiyaning 3,125 mlrd kVt/soatlik qismi quyosh elektr stansiyalari tomonidan, 1,915 mlrd kVt/soatlik qismi esa shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarildi. gazeta.uz »

2025-7-7 12:21

O‘zbekistondagi 250 mingta uy va obyekt quyosh panellari bilan jihozlanadi — Bosh prokuratura

2025-yilda O‘zbekistonda 250 mingta obyektni, jumladan, 150 mingta uyni quyosh panellari bilan jihozlash reja qilinmoqda, deya xabar qildi Bosh prokuratura. Topshiriqni bajarish uchun joylarda hokimlik, “O‘zenergoinspeksiya”, banklar va boshqa idoralar xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tuziladi. gazeta.uz »

2025-1-31 10:34

“Prezident qarori noto‘g‘ri talqin qilingan”. Sirdaryoda tadbirkorlar quyosh paneli o‘rnatmagani uchun elektrdan uzildi

Sirdaryoda elektrdan uzilgan tadbirkorlar hokimiyat binosi oldiga yig‘ildi va HETK tomonidan asossiz ravishda, quyosh paneli o‘rnatmagani uchun tarmoqdan uzib qo‘yilganini qayd etdi. Sirdaryo HETK holatga munosabat bildirib, mas’ullar prezident qarorini noto‘g‘ri talqin qilganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2024-9-23 15:14

YI va BMTTD Toshkent viloyatida quyosh energiyasi asosidagi tomchilatib sug‘orish tizimini ishga tushirdi

Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida quyosh energiyasi bilan ishlaydigan tomchilatib sug‘orish tizimi ishga tushirildi, loyiha BMTTD va YI hamkorligida amalga oshirildi. Suv quyosh panellari energiyasidan foydalangan holda 180 m chuqurlikdagi quduqdan chiqariladi. Tizim quvvati 3 ga yerni sug‘orishga yetadi. gazeta.uz »

2024-8-8 19:44