Ðåçóëüòàòîâ: 11

O‘zbekistondagi yangi quriladigan uylarda suv hisoblagichlarni o‘rnatish 2027-yildan majburiy bo‘ladi

2027-yildan O‘zbekistondagi yangi ko‘p kvartirali uylarni qurish loyihalarida “aqlli” suv hisoblagichlarini o‘rnatish majburiy etib belgilanishi rejalashtirilmoqda. Xonadonlarga kiradigan suv ta’minoti tarmoqlarida bittadan ortiq bo‘lmagan hisoblagich o‘rnatilishi ko‘zda tutiladi. gazeta.uz »

2026-3-5 19:20

Toshkent hokimi ko‘chalarga panjara o‘rnatish uchun 6,9 mlrd so‘m ajratdi

Poytaxt hokimi ko‘cha va yo‘llarda temir panjara o‘rnatish uchun 6,9 mlrd so‘m mablag‘ ajratish to‘g‘risida qaror imzoladi. Panjaralar “harakat xavfsizligini ta’minlash va piyodalar bilan bog‘liq YTHlarni oldini olish” maqsadida o‘rnatilishi qayd etilgan. May oyida buning uchun 1,46 mlrd ajratish ko‘zda tutilgandi. gazeta.uz »

2025-7-22 14:35

“4 va 5 qavatli uylarga liftlar o‘rnatish taklifi ishlab chiqilmoqda” — Qurilish vazirligi

O‘zbekistonda 14 mingdan ziyod 4 qavatli, 7,5 mingta 5 qavatli uylar mavjud. Hozirda ularga lift o‘rnatish bo‘yicha dastur tayyorlanmoqda, buning uchun xorij tajribasi ham o‘rganildi. “Nogironligi bor shaxslar tomonidan murojaatlar kelib tushmoqda, ayni paytda taklif ishlab chiqyapmiz”, - deydi vazirlik vakili. gazeta.uz »

2025-7-8 15:17

O‘zbekistonda noqonuniy to‘siqlar o‘rnatish va yo‘lni to‘sib qo‘yish uchun jarimalar joriy etiladi

Senat noqonuniy to‘siqlar o‘rnatgan hamda yo‘lni to‘sib qo‘ygan fuqarolar va mansabdorlarga jarima solishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Senator Malika Qodirxonova aholi turar joylarida to‘xtash joylari tartibsizligi uchun fuqarolar yo‘llarni to‘sib qo‘yishga majbur bo‘layotganini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-3-18 08:42