Ðåçóëüòàòîâ: 94

Samarqandda soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari va sobiq tuman hokimi o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bulung‘ur tumanida fermerning 150 mln so‘mlik soliq qarzini kamaytirib berishni va’da qilgan soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari, Kattaqo‘rg‘onda esa fuqaroni ishga joylashtirish uchun pul olgan sobiq tuman hokimi o‘rinbosari ushlandi. Ularga nisbatan jinoiy ish ochildi. gazeta.uz »

2026-5-19 11:01

“Marrani Seul miqyosida olamiz”. Toshkent hokimi — 1 mlrd dollarlik fond va yangi iqtisodiy strategiya haqida

Toshkentda eksportni oshirish va ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan “favqulodda holat rejalari”ni amalga oshirish uchun 1 mlrd dollarlik fond tashkil etilmoqda, dedi shahar hokimi. Unga ko‘ra, shahar tabiiy resurslarsiz ham yuqori rivojlanishga erishgan Seul darajasini marra qilib olishni reja qilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-20 15:18

“YHTEM — transport emas, avvalo, odamlar masalasi”. Toshkent hokimi o‘rinbosari bilan katta intervyu

Toshkentning transport sohasidagi asosiy muammosi tirbandliklar emas, balki piyodalar xavfsizligi, dedi poytaxt hokimi o‘rinbosari Abdurahmon Baxtiyev. Gazeta bilan suhbatda u YHTEM hal etishi kerak bo‘lgan muammolar, yo‘llar o‘rtasidagi to‘siqlar va mashinalarga to‘la hovlilar haqidagi savollarga javob berdi. gazeta.uz »

2026-4-7 21:55

Karmana tumani hokimi o‘qituvchilarni yig‘ilishda salkam 1 soat turg‘izib qo‘ydi, vazirlik holatni o‘rganishni boshladi

Karmana tumani hokimi Shohrux Boltayev bir guruh o‘qituvchilarni tik oyoqda turg‘izib, ular ishlaydigan maktabda OTMga kirish ko‘rsatkichi pastligi uchun majlis o‘tkazgan. Vazirlik maktabda ta’lim sifati joyida ekanini ta’kidlab, holat o‘rganilayotganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2026-3-14 13:54

Ekologiya inspektoriga kuch ishlatgan Buvayda tumani hokimi o‘rinbosari ishdan olindi

Buvayda tumani hokimi o‘rinbosari Saidali Xidirov ekologiya inspektoriga kuch ishlatdi. Inspektor daraxt kesayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatib, uning qo‘lidan arrani tortib olgan. Voqea joyida bo‘lgan hokim o‘rinbosari esa xodimga jismoniy kuch ishlatib, chetga olib ketgan. Xidirov voqea ortidan ishdan olindi. gazeta.uz »

2025-11-25 15:47

Toshkent hokimi — “Maxsustrans”ning zararlari, chiqindilarni olib chiqib ketishni raqamlashtirish va qurilish chiqindilarini qayta ishlash haqida

Toshkent hokimi “Maxsustrans” korxonasining 45 mlrd so‘m zarar ko‘rganini ma’lum qildi, shu sababli mahallalarda chiqindilar kunlab qolib ketgan. Buni hal qilish uchun chiqindilarni olib chiqish jarayoni raqamlashtirildi, qo‘shimcha texnikalar sotib olindi va haydovchilarning ish haqi oshirildi. gazeta.uz »

2025-8-15 15:57

Toshkent hokimi ko‘chalarga panjara o‘rnatish uchun 6,9 mlrd so‘m ajratdi

Poytaxt hokimi ko‘cha va yo‘llarda temir panjara o‘rnatish uchun 6,9 mlrd so‘m mablag‘ ajratish to‘g‘risida qaror imzoladi. Panjaralar “harakat xavfsizligini ta’minlash va piyodalar bilan bog‘liq YTHlarni oldini olish” maqsadida o‘rnatilishi qayd etilgan. May oyida buning uchun 1,46 mlrd ajratish ko‘zda tutilgandi. gazeta.uz »

2025-7-22 14:35