Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi etib tasdiqlandi
2024-yilning dekabridan buyon Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan Ulug‘bek Mustafoyev viloyat hokimi etib tasdiqlandi. Prezident uning oldiga 2026-yilda viloyatga 4,5 mlrd dollar xorijiy investitsiya olib kelish, 15 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish kabi vazifalarni qo‘ydi. gazeta.uz »