Ðåçóëüòàòîâ: 19

2025-yilda bankomatlardan pul yechishda 290 mingta muammoli holat kuzatilgan — senator

2025-yilda O‘zbekistonda bankomatlar pulni hisobdan yechib, naqd pul bermasligi yoki kartani ushlab qolishi bilan bog‘liq 290 mingta holat qayd etilgan. Senator Qutbiddin Burxonov ayrim murojaatlar 15 kundan ortiq ko‘rib chiqilayotgani, pul va kartani tezkor qaytarish tizimi esa to‘liq ishlamayotganini bildirdi. gazeta.uz »

2026-5-19 18:53

Maktablardagi 13,5 mingta sinfda 35 nafardan ko‘p bola o‘qimoqda. Vazirlikda qanday yechimlar bor?

O‘zbekiston maktablaridagi 260 mingga yaqin sinfning 13,5 mingtasida 35 nafardan ziyod bola o‘qimoqda. Ta’lim vazirligiga ko‘ra, yangi maktablar va mavjudlariga qo‘shimcha binolar qurish orqali bunday sinflar sonini kamaytirish mumkin. O‘z navbatida, 934 ta maktab to‘liq ta’mirga muhtoj. gazeta.uz »

2026-4-26 17:03

O‘zbekistonda 6 oyda 3,7 mingta holatda tadbirkorlarga asossiz jarimalar qo‘llanilgan

O‘zbekistonda tadbirkorlarga asossiz jarimalar qo‘llangani uchun javobgarlik belgilanishi ko‘zda tutilmoqda. Bunga bunday amaliyot ko‘p uchrashi va bu uchun jazo yo‘qligi sabab qilib keltirilmoqda. Xususan, 2024-yilda tadbirkorlarga 5280 marta, 2025-yilning 6 oyida esa 3755 marta asossiz jarima qo‘llanilgan. gazeta.uz »

2025-10-31 09:12

“Bir oyda salkam 2,5 mingta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, aksariyati giyohvandlik bilan bog‘liq” — IIV vakili

15-iyuldan 15-avgustgacha o‘tkazilgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari davomida 2410 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. IIV Tergov departamenti boshlig‘i Ramazon Ashrapovga ko‘ra, gumonlanuvchilarni ushlash holatlari o‘tgan oyga nisbatan 50,7 foizga, qamoqqa olish choralarining qo‘llanishi esa 48 foizga oshgan. gazeta.uz »

2025-8-25 07:38

O‘zbekistondagi 250 mingta uy va obyekt quyosh panellari bilan jihozlanadi — Bosh prokuratura

2025-yilda O‘zbekistonda 250 mingta obyektni, jumladan, 150 mingta uyni quyosh panellari bilan jihozlash reja qilinmoqda, deya xabar qildi Bosh prokuratura. Topshiriqni bajarish uchun joylarda hokimlik, “O‘zenergoinspeksiya”, banklar va boshqa idoralar xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tuziladi. gazeta.uz »

2025-1-31 10:34

Toshkent shahriga 3 mingta avtobus yetarli bo‘ladi — “Toshshahartransxizmat” vakili

Toshkent shahridagi harakat tarkibida hozir 1847 ta avtobus bor, ularning 1557 tasi kunlik yo‘nalishga chiqariladi. “Toshshahartransxizmat” rahbari o‘rinbosarining aytishicha, shahar maydoni, aholi, har yuz ming kishiga taqsimlangan avtobus sonidan kelib chiqib, poytaxtga 3000 ta avtobus yetarli bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-1-15 15:25

Jizzaxdagi bog‘da uchirilishi rejalashtirilgan 5 mingta shar yorilib, yaroqsiz holatga keltirildi

Tarmoqlarda Jizzaxdagi “Navro‘z” bog‘ida 5 mingta shar uchirilishi haqida e’lon tarqaldi. Ekologiya vazirligi sharlar yorilib, yaroqsiz holatga keltirilganini bildirdi. Bunday holatlarning oldini olish uchun vazirlik sharlarni O‘zbekistonga olib kirishda bojxona to‘lovlarini 10 baravarga oshirishni taklif qilmoqda. gazeta.uz »

2024-6-30 12:40