O‘zbekistonda “dacha”lar reyestrini yaratish va ijara narxlarini nazoratga olish reja qilinmoqda
O‘zbekistonda turistik dala hovli (“dacha”) larning elektron reyestri tuzilishi va ijara narxlari nazorat qilinishi mumkin. Qaror loyihasiga ko‘ra, xizmat ko‘rsatish uchun litsenziya talab qilinmaydi, noqonuniy ijara beruvchilar haqida xabar berganlarga esa mukofot puli beriladi.












