O‘zbekistonda eksport salohiyati 350 mln dollar bo‘lgan mis quvurlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
Shavkat Mirziyoyev Ohangarondagi Infinity Copper Group korxonasida bo‘ldi. Qiymati $36 mln bo‘lgan loyiha Xitoy va Germaniya kompaniyalari bilan amalga oshirilmoqda. U 350 mln dollarlik eksportni ta’minlashi kutilmoqda, mahsulotlarni BAA, Afrika qit’asi, AQSh va Yevropaga yetkazib berish reja qilingan. gazeta.uz »




















