Ðåçóëüòàòîâ: 18

O‘zbekistonda poyezdlar kechikkani uchun kompensatsiya to‘lash tartibi joriy etilmoqda

Raqobat qo‘mitasi so‘roviga asosan Transport vazirligi temiryo‘l tashish qoidalarining yangi tahririni ishlab chiqmoqda. Unga ko‘ra, nafaqat “Afrosiyob”, balki oddiy va tezyurar poyezdlar kechikkani uchun ham yo‘lovchilarga chipta narxining 100 foizigacha miqdorda pul qaytarib berilishi belgilanmoqda. gazeta.uz »

2026-4-1 08:37

Foyda solig‘i bo‘yicha avans to‘lash tartibi endi 20 mlrd so‘mdan yuqori aylanmali korxonalarga amal qiladi

Prezident amaldagi tartibga ko‘ra, yillik aylanmasi 10 mlrd so‘mdan oshgan korxonalar foyda solig‘i bo‘yicha avans to‘lagani uchun aylanma mablag‘ masalasida qiyinchilikka uchrayotganini ta’kidladi. Davlat rahbari endi bu tartib faqat 20 mlrd so‘mdan yuqori aylanmali korxonalar uchun amal qilishi e’lon qilindi. gazeta.uz »

2025-8-20 14:07

Jarima to‘lash qonunga amal qilishdan foydaliroq bo‘lmasligi kerak — vazirlik norasmiy bandlikka jarima haqida

O‘zbekistonda norasmiy bandlikka yo‘l qo‘ygan ish beruvchilar BHMning 30 baravari miqdorida jarimaga tortilishi rejalashtirilmoqda. Bandlik vazirligi bu yo‘nalishda bir qator yengilliklar berilayotgani fonida qonun buzish jarima to‘lashdan foydaliroq bo‘lib qolmasligini kerak deb hisoblamoqda. gazeta.uz »

2025-8-12 13:57

“Belni mahkam bog‘lash va imkoniyatga yarasha yashash vaqti keldi”. Toqayev — Qozog‘iston hukumatiga

Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Toqayev hukumatdan hozirgi dunyo voqeligi kontekstida “belni mahkam bog‘lab, imkoniyatga yarasha yashashni” talab qildi. Shuningdek, u Qozog‘iston eng yaqin qo‘shnilari, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni “yangi bosqichga” ko‘tarishi zarurligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-1-29 01:48

1-bosqich talabalariga to‘lov-kontraktni to‘lash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi

OTMlarda kontrakt yoki “superkontrakt” asosida o‘qishga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi. Ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddatini uzaytirish masalasini OTM rahbari hal qiladi. gazeta.uz »

2024-10-28 15:59

Sud “Ozodlik”ka 100 mln so‘m to‘lash va “gaz chayqovchisi” haqidagi surishtiruv bo‘yicha raddiya e’lon qilishni yukladi

Toshkentdagi sud “Ozodlik” radiosini gaz savdosi bilan shug‘ullanuvchi Ultimo Group Limited kompaniyasi va uning asoschisi haqidagi tekshiruv yuzasidan rad etish bayonoti e’lon qilishga hamda ma’naviy zarar uchun 100 million so‘m miqdorida tovon to‘lashga majbur etdi. “Gazeta.uz” sud majlislarida ishtirok etdi. gazeta.uz »

2024-8-20 16:00