Ðåçóëüòàòîâ: 5

O‘zbekiston reytingi yaxshilangani tufayli kreditlarni pastroq stavkalarda jalb qila boshladi — IMV

Xalqaro agentliklarning O‘zbekiston suveren reytingini yaxshilashi tashqi qarz olish xarajatlari pasayishiga olib keldi, deb xabar berdi Iqtisodiyot vazirligi. Kreditlar stavkasi 1−1,5 foiz punktiga qisqardi, bu tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini yiliga 250−300 mln dollarga kamaytiradi. gazeta.uz »

2026-2-10 21:12

180 foizgacha yillik stavkalar. MB — kreditlarni kechiktirganlik uchun banklarning sanksiyalari haqida

MB ayrim banklar kredit shartnomasi bo‘yicha kechiktirilgan to‘lov summasi uchun ortiqcha foizlar (180 foizgacha), karrasiga yuqori kunlik penya va asossiz jarimalar qo‘llayotganini ma’lum qildi. Banklar kreditni o‘z vaqtida undirishdan ko‘ra uning kechikishidan ko‘proq manfaatdor bo‘lib qolmoqda, deydi regulyator. gazeta.uz »

2026-1-22 11:25