Migratsiya agentligida ishlamagan xodimlarga maosh to‘lash orqali 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingani aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departament ma’lumotiga ko‘ra, Migratsiya agentligida amalda ishlamagan ikki xodimga 931,6 mln so‘m maosh to‘langan. Shuningdek, intizomiy jazo amal qilgan davrda yana sakkiz nafar xodimga 88,5 mln so‘m noqonuniy to‘langan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »

2026-8-5 14:52