Ðåçóëüòàòîâ: 20

O‘zbekistonda futbol o‘yinlari vaqtini o‘zgartirish orqali tomoshabinlar tashrifini oshirish ko‘zlanmoqda

Prezident futbol o‘yinlarini kechki payt va dam olish kunlariga ko‘chirish orqali tomoshabinlar tashrifini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi. Sportni daromad keltiradigan tarmoqqa aylantirish maqsadida stadionlar atrofida xizmatlarni rivojlantirish va muxlislar uchun maxsus turpaketlar yo‘lga qo‘yish reja qilinmoqda. gazeta.uz »

2026-4-8 09:39

O‘zbekistonda energoresurslar tariflarini oshirishga yondashuvni o‘zgartirish taklif qilinmoqda

Energoresurslar defitsiti va gaz ta’minotidagi cheklovlar sharoitida Markaziy bank hukumat bilan birgalikda qator takliflar tayyorladi. Muhokamadagi choralar - energoresurslar taklifini ko‘paytirish, tariflarni va davlat regulyatsiyasidagi narxlarni oshirishga bo‘lgan yondashuvlarni o‘zgartirish. gazeta.uz »

2026-2-1 20:46

Toshkentda harakatchanlikni rivojlantirish trayektoriyasini o‘zgartirish imkoniyati bor — BCG

Toshkent piyoda va velosiped yo‘nalishlari, jamoat transporti hamda ko‘cha makonidan yanada oqilona foydalanishni rivojlantirish orqali shaxsiy avtomobillarga bog‘liqlikni kamaytirishi mumkin. Shahar harakatchanligi - zamonaviy shaharlar raqobatbardoshligining asosiy omillaridan biri, deyiladi BCG tadqiqotida. gazeta.uz »

2026-1-20 10:46

O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlarni saqlash borasidagi yondashuvni o‘zgartirish taklif etildi

Toshkentda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunning shaxsiy ma’lumotlarni mamlakat ichida saqlash majburiyatini yuklovchi moddasi yuzaga keltirayotgan huquqiy xatarlar muhokama qilindi. Uchrashuv ishtirokchilari ma’lumotlarni lokalizatsiya qilishga bo‘lgan yondashuvni qayta ko‘rib chiqishni taklif etdi. gazeta.uz »

2025-7-22 11:25

Murod Nazarov Toshkent bosh rejasiga o‘zgartirish kiritilayotganini aytdi va daraxt kesishni qonuniylashtirishni taklif qildi

Toshkent bosh rejasiga o‘zgartirish kiritish kutilmoqda, dedi tadbirkor Murod Nazarov. Bu haqda Qurilish vazirligi vakili ham gapirgandi. Nazarov daraxtlarni kesish cheklovlarini olib tashlash va kompensatsiya uchun “daraxtlar banki” tashkil etishni ham taklif qildi. Deputat Bobur Bekmurodov taklifni tanqid qildi. gazeta.uz »

2025-7-18 19:53

“1 mlrd so‘mni o‘zgartirish rejamiz yo‘q” — Soliq qo‘mitasi QQSga o‘tish chegarasi haqida

QQS to‘lovi uchun belgilangan 1 mlrd so‘mlik yillik aylanma miqdorini o‘zgartirish taklifi berilmoqda. Soliq qo‘mitasi ushbu chegarani qayta ko‘rish rejasi yo‘qligini bildirdi. Mubin Mirzayevga ko‘ra, 1 mlrd so‘m eng optimal summa, mazkur variantda ishlashga qo‘mita ham, tadbirkorlar ham o‘rganib qolgan. gazeta.uz »

2025-4-3 15:34

“Metroga yaqin korxonalarning ish vaqtini o‘zgartirish taklifi ishlab chiqilmoqda” — Toshkent metropoliteni

Poytaxtdagi metro bekatlariga yaqin bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalarining ish vaqtini o‘zgartirish taklifi ilgari surilmoqda. Unga ko‘ra, ish soat 08:00 da emas 09:00 da boshlanadi. “Bu nafaqat transportdagi tig‘izlik, balki yo‘llardagi tirbandliklarni ham kamaytiradi”, - dedi metropoliten bosh muhandisi gazeta.uz »

2024-10-11 08:49

“O‘zbekistondagi ayollar hayotini o‘zgartirish mening missiyam” — Diyora Keldiyorova Olimpiadadagi g‘alabasi haqida

Parij olimpiadasi chempioni dzyudochi Diyora Keldiyorova g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U oltin medali O‘zbekistonda ayol sportchilarga katta yo‘l ochishiga ishonch bildirdi. Shu bilan birga, O‘zbekistondagi ayollar hayotini o‘zgartirish uning missiyasi ekanini ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-7-29 12:19