Ðåçóëüòàòîâ: 248

NKMKda oltin qazib olish 1,9 foizga kamaydi, qiymat ko‘rinishidagi ishlab chiqarish hajmi esa 41,7 foizga oshdi

Navoiy kon-metallurgiya kombinati birinchi yarimyillikda qariyb 46,9 tonna oltin ishlab chiqardi - bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,9 foizga kam. Shu bilan birga, mahsulotlar qiymati 41,7 foizga oshib, 86,2 trln so‘m bo‘ldi, o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 7,9 foizga oshib, 236,8 mln dollarga yetdi. gazeta.uz »

2026-8-11 14:00

O‘rta Chirchiqdagi Qorasuv kanali bo‘yida dam olish maskani va gastronomik ko‘cha tashkil etiladi

O‘rta Chirchiqdagi Qorasuv kanalining 9 km sohili obodonlashtiriladi. 32 mlrd so‘mli loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchisida Tinchlik va Qorasuv mahallalari orasidagi 1,6 km qirg‘oq tartibga keltirildi: yo‘laklar, favvora, vorkaut, akvapark, tunnel va xizmat ko‘rsatish maskanlari qurildi. gazeta.uz »

2026-7-22 16:03

Markaziy bank mikroqarz olish uchun minimal oylik daromad miqdorini o‘rnatishni taklif qildi

Markaziy bank mikroqarz olish uchun zarur bo‘lgan minimal oylik daromad miqdorini o‘rnatish va ularga qarz yuki bo‘yicha talablardan istisnolarni bekor qilishni taklif etmoqda. Regulyator yangi choralarni mikroqarzlar bozorining tez o‘sishi va ularni oluvchilar o‘rtacha qarz yuki 37 dan 40%gacha oshgani bilan izohladi. gazeta.uz »

2026-7-22 12:51

“Bu aniq edi”. Energetika vaziri — O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi keskin kamaygani haqida

Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 9,6 mlrd kubometr tabiiy gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15% ga kam. Energetika vaziri Gazeta`ga bergan intervyusida bu pasayish kutilgan holat ekani, hozirda asosiy vazifa - qazib olishni barqarorlashtirish va hajmlarni ushlab turish ekanini aytdi. gazeta.uz »

2026-5-12 13:14

“Tabiiy pasayish”. Energetika vaziri — O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi keskin kamaygani haqida

Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 9,6 mlrd kubometr tabiiy gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15% ga kam. Energetika vaziri Gazeta`ga bergan intervyusida bu pasayish kutilgan holat ekani, hozirda asosiy vazifa - qazib olishni barqarorlashtirish va hajmlarni ushlab turish ekanini aytdi. gazeta.uz »

2026-5-12 13:14

“O‘zbekneftgaz” Saneg’ga berilgan konlarda qazib olish hajmi kamayganini ma’lum qildi

“O‘zbekneftgaz” Saneg kompaniyasiga berilgan 100 dan ortiq konlarda neft qazib olish kamayganini ma’lum qildi. Ushbu aktivlar bo‘yicha qarorni maxsus komissiya qabul qiladi, ular “O‘zbekneftgaz” rahbariyati 2022-yilda ta’kidlaganidek, o‘tkazilish paytida qariyb ikki barobarga past baholangan. gazeta.uz »

2026-4-21 12:49

O‘zbekiston Ukrainadan kelgan bolalarni yana dam olish va sog‘lomlashtirishga qabul qilishni rejalashtirmoqda — Ukraina TIV rahbari o‘rinbosari

2026-yilda O‘zbekiston Ukrainadan kelgan bolalarni sog‘lomlashtirish dasturini qayta tiklashni, shuningdek gumanitar yordam ko‘rsatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Mishenko O‘zbekiston TIVda bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi. gazeta.uz »

2026-4-3 15:59

“Maqsadimiz — faqatgina haqli bo‘lgan ulushimizni olish”: Afg‘onistonning transchegaraviy suvlar bo‘yicha pozitsiyasi

Kobul umumiy suv resurslarini adolatli taqsimlashga chaqirdi va qo‘shni davlatlarning qonuniy huquqlariga rioya qilish niyatida ekanini bildirdi. Afg‘onistonning konstruktiv hamkorlikka tayyorligi bo‘yicha mamlakat suv resurslari va energetika vaziri o‘rinbosari Tashkent Water Week forumida bayonot berdi. gazeta.uz »

2026-3-30 15:02

Gaz qazib olish hajmi oshmayotganiga yangi zaxiralar yetarli darajada ko‘paymayotgani sabab bo‘lyapti — “O‘zbekneftgaz”

“O‘zbekneftgaz” tahlillariga ko‘ra, O‘zbekistonda gaz qazib olish barqaror oshishiga yangi zaxiralarning yetarli darajada qo‘shilmayotgani to‘sqinlik qilmoqda. Aksar istiqbolli investitsiya bloklari xususiy investorlarga berilgan bo‘lsa-da, ular tomonidan geologiya-qidiruv ishlari sust olib borilmoqda. gazeta.uz »

2026-1-15 14:44

Yagona portalda xalqaro kurerlik jo‘natmalari to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin bo‘ldi

My.gov.uz portalida xalqaro kurerlik jo‘natmalari to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ushbu xizmat orqali fuqarolar joriy oyda qolgan bojxona limiti, jo‘natma nomi, raqami, vazni va qiymati, yuboruvchi hamda kurerlik tashkiloti nomi va STIR raqami haqidagi ma’lumotlarni onlayn ko‘rishi mumkin. gazeta.uz »

2026-1-1 15:04

MB Humans orqali ruxsatsiz pul yechib olish bo‘yicha shikoyatlardan so‘ng tekshiruv boshladi

MB fuqarolarning Humans tizimiga ulangan kartalaridan ruxsatsiz pul yechilgani haqidagi xabarlardan keyin tekshiruv boshladi. Regulyator ehtimoliy zaiflikni bartaraf etish maqsadida Humans bilan bog‘liq P2P amaliyotlarini vaqtincha to‘xtatdi, barcha shubhali tranzaksiyalar sinchiklab o‘rganilayotganini bildirdi. gazeta.uz »

2025-12-9 13:33