Ðåçóëüòàòîâ: 248

2026-yilgi aholini ro‘yxatga olish: Prezident tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi

Prezidentga 2026-yil yanvar oyida boshlanadigan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlari haqida ma’lumot berildi: 60 mingdan ziyod “Mahalla yettiligi” vakillari o‘qitildi, uylar geomanzillari shakllantirildi, mahallalarda tashkiliy rejalar tasdiqlandi. Ma’lumotlar integratsiyasi bo‘yicha aniq yechimlar kerak. gazeta.uz »

2025-11-27 19:56

Tergov hibsxonasidagi mahbuslarga dam olish kunlari ham posilkalar olish va sayr qilish mumkin bo‘ladi

Qonunchilik palatasi majlisida ombudsmanning mahbuslar huquqlariga oid qonunchilik taklifi ko‘rib chiqilib ma’qullandi. Mahbuslarga bayram va dam olish kunlarida ham kiyimlar olish, shuningdek ikki soat sayr qilish huquqi berish, oziq-ovqat uchun oylik mablag‘ni MHEKMning 100 foizigacha oshirish taklif etilmoqda. gazeta.uz »

2025-11-19 10:30

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab bepul tibbiy yordam olish tartibi qanday o‘zgaradi?

O‘zbekiston hukumati davlat va xususiy tibbiyot muassasalarida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini tasdiqladi. 2026-yildan kuchga kiradigan hujjat QR kodli elektron yo‘llanmalar, kasalxonaga yotqizishning yangi qoidalari, tibbiy komissiyalar ishi va boshqalarni joriy etadi. gazeta.uz »

2025-11-14 14:56

Gulnora Karimovaning aktivlaridan 20 mln dollar ta’lim olish imkoniyatlarini yaxshilash uchun ajratiladi

Shveysariyada musodara qilingan Gulnora Karimova pullarining 20 mln dollari ta’lim olish imkoniyatlarini yaxshilash uchun ajratiladi. Loyiha doirasida 45 ta qishloq maktabini ta’mirlash, xavfsiz suv, zamonaviy sanitariya, ishonchli isitish tizimlari va ekologik toza energiya bilan ta’minlash qo‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2025-9-24 12:47

Qurilish vazirligi qurilishga ruxsat olish uchun “$200 minggacha xarajat” haqidagi bayonotga javob berdi

Quruvchining “har bir uy uchun $200 minggacha xarajat” haqidagi bayonotiga javoban Qurilish vazirligi raqamlashtirish tufayli korrupsiya xavfi minimallashtirilganini ta’kidladi. Tashkilotga ko‘ra, ariza beruvchi va davlat xizmatchisi o‘rtasidagi har qanday o‘zaro munosabatlar barcha bosqichlarda istisno qilinadi. gazeta.uz »

2025-9-3 20:12

“Menga ochko olish uchun ishlaganlaringiz kerak emas”: Samarqand viloyati rahbari qo‘l ostidagilarni dam olish kunlari ishlamaslikka chaqirdi

Samarqand viloyati hokimi v.b. Adiz Boboyev tumanlar rahbarlari va ularning o‘rinbosarlariga dam olish kunlari ishlamaslik va xodimlarni ishga chaqirmaslikni tayinladi. “Bozor kuni hammani ishga chaqirib, ishlaganga o‘xshatib ochko olishingiz menga kerak emas. Dam olish kuni hamma uyida damini olsin”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-9-3 17:47

“Raqobatchidan sertifikat olish”. Tadbirkor shisha importining murakkablashgani haqida shikoyat qildi

O‘zbekistondagi shisha importchilari 2 ta to‘siqqa duch keldi. Shishaning turi va qalinligidan qat’i nazar, bazaviy narx hamda majburiy sertifikatlash joriy etildi. Sinov faqat “Kvars” zavodi laboratoriyasida o‘tkazilayotgani manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarmoqda. gazeta.uz »

2025-8-16 15:18

Ayrim fuqarolarga kasb-hunar kurslarida ta’lim olish davrida stipendiya to‘lanadi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarga, 3 oydan ortiq davom etadigan kurslarda ta’lim olayotgan Kambag‘al oilalar reyestridagi oilalar a’zolariga va doimiy yashash joyidan boshqa hududga qatnab ta’lim olayotgan shaxslarga kasb-hunar kurslarida ta’lim olish davrida 1 mln 271 ming so‘m stipendiya to‘lanadi. gazeta.uz »

2025-8-8 15:51