Ðåçóëüòàòîâ: 225

Ozoda Nursaidova klipini suratga olish jarayoni fojiaga aylanib ketdi: model og‘ir jarohat oldi

Xonanda Ozoda Nursaidova klipini suratga olish jarayonida model Sabrina Jabborova mashina urib yuborishi oqibatida og‘ir jarohat oldi va nogironlik orttirdi. Jabrlanuvchi tashkilotchilar unga yetarlicha yordam bermaganini, ikkinchi tomon esa buning aksini ta’kidlamoqda. “Gazeta.uz” vaziyatni o‘rgandi. gazeta.uz »

2025-3-12 19:37

Komil Allamjonov atrofidagi fuqarolarni hibsga olish to‘g‘risidagi sud qarori bekor qilindi

Oliy sud Komil Allamjonov atrofidagi yetti nafar fuqaroni (qo‘riqchi, haydovchi va boshqalar) hibsga olish to‘g‘risidagi sud qarorlarini bekor qildi. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan huquqbuzarlik faktini tasdiqlovchi dalillarni to‘plash choralari ko‘rilmaganligi sababli IIVga taqdimnoma kiritildi. gazeta.uz »

2025-2-21 12:46

Bobur haykalini ko‘chirish uchun ilmiy-ekspert kengashi xulosasini olish zarur — Madaniy meros agentligi

Madaniy meros agentligi tegishli tashkilotlar hududiy boshqarmasiga Andijondagi Bobur haykalini shaharning boshqa qismiga ko‘chirish yuzasidan murojaat qilganini bildirdi. Agentlikning ta’kidlashicha, ularga bu kabi masalalar bo‘yicha ilmiy-ekspert kengashi xulosasini olish zarurligi tushuntirilgan. gazeta.uz »

2024-11-19 17:20

O‘zbekistonda uylarni, jumladan, ipotekaga sotib olish qiyinlashdi, “narxlardagi tuzatishlar” xavfi saqlanib qolmoqda. MB sharhi

O‘zbekistonda 2024-yil ilk yarmida uy-joy narxi yuqoriligicha qolmoqda - uning bozor narxi fundamental (“obyektiv”) narxdan 28% yuqori, deya qayd etadi MB. Narxlar ish haqiga nisbatan 1,8 baravar tezroq o‘smoqda va bu kelajakda narxlarning pasayishi xavfidan dalolat beradi, deb hisoblaydi regulyator. gazeta.uz »

2024-10-17 20:06

O‘zbekistonda ipoteka bozori sovimoqda: uy-joy sotib olish uchun ajratilgan kreditlar hajmi qisqardi

Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda ipoteka kreditlari hajmi 2023-yilning shu davriga nisbatan 4,1%ga - 11,7 trln so‘mga, oluvchilar soni esa qariyb 20%ga kamaydi. Shuningdek, ajratilayotgan ipotekalarning o‘rtacha miqdori 19,9%ga - 274 mln so‘mga, banklarning foiz stavkalari esa 23,8%dan 25%ga oshdi. gazeta.uz »

2024-10-14 15:03

Marburg virusini oldini olish maqsadida chegaradagi sanitariya nazorat punktlari hushyorligi oshirildi — SES

Sanepidqo‘mita O‘zbekistonda marburg virusi isitmasini oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilayotgani va “jiddiy xavotirga o‘rin yo‘q”ligini bildirdi. Chegaralardagi sanitariya nazorat punktlarining hushyorligi oshirildi, gumonlanganlarni o‘z vaqtida aniqlab, izolyatorlarga alohidalash belgilandi. gazeta.uz »

2024-10-9 09:39