Ðåçóëüòàòîâ: 13

O‘zbekistonda renovatsiya hisobiga quriladigan uylar ulushini 15 foizdan 60 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda — prezident

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bokuda bo‘lib o‘tgan Butunjahon urbanizatsiya forumida xalqaro “Aqlli va xavfsiz shaharlar alyansi”ni tashkil etish, BMT-Xabitatning “Yashil shahar” mukofotini ta’sis etish va forumning 15-sessiyasini 2030-yilda Yangi Toshkentda o‘tkazishni taklif qildi. gazeta.uz »

2026-5-18 15:35

O‘zbekiston 2026-yilda yangi konlarni ishga tushirish hisobiga gaz qazib olishdagi pasayishni to‘xtatishni rejalashtirmoqda — vazir

2026-yilda O‘zbekiston yangi konlarni ishga tushirish orqali gaz qazib olish hajmining ko‘p yillik pasayishini barqarorlashtirishni rejalashtirmoqda, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Bunda Mo‘ynoq tumanida mamlakatdagi eng yuqori debitli quduq burg‘ilangan yangi kon muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-12-15 14:23

O‘zbekistonliklarning inflyatsion kutilmalari “kommunalka” qimmatlashi ehtimoli hisobiga keskin oshdi

Fevralda aholining inflyatsion kutilmalari oxirgi ikki yildagi eng yuqori darajaga yetdi. Toshkentliklar kelasi 12 oy davomida inflyatsiya 19,1% darajasida bo‘lishini kutmoqda, respondentlarning 63 foizi kommunal xizmatlar qimmatlashi hisobiga narxlar oshishidan xavotirda. gazeta.uz »

2025-3-24 17:39

O‘zbekiston va Misr to‘siqlarni bartaraf etish hisobiga tovar ayirboshlash hajmini 500 mln dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston va Misr 15 yil ichida hukumatlararo komissiyaning ilk yig‘ilishini Toshkentda o‘tkazdi. Tomonlar to‘siqlarni bartaraf etish orqali tovar ayirboshlash hajmini 500 mln dollarga (hozir qariyb $42 mln) yetkazishga, shuningdek, O‘zbekiston-Misr ishbilarmonlar kengashini tuzishga kelishib oldi. gazeta.uz »

2024-12-27 13:58

“Bor imkoniyatlar va yaratib berilayotgan sharoitlar hisobiga kambag‘al oila qolishining o‘zi uyat” — prezident

Prezident Toshkent viloyatida kambag‘allikka qarshi kurashish rejalarini ma’qullamadi. U hudud kichik biznes orqali aholini ishli qilishda eng oxirgi o‘rinlarda turganini tanqid qildi. “Bor imkoniyatlar va yaratib berilayotgan sharoitlar hisobiga viloyatda kambag‘al oila qolishining o‘zi uyat”, - dedi davlat rahbari. gazeta.uz »

2024-10-15 19:15