Ðåçóëüòàòîâ: 86

“Yevropa ma’ruzalar o‘qish uchun kelmasligi kerak”. YeI Markaziy Osiyoga nima taklif qilmoqda va buning evaziga nima istaydi?

TXIFning YeI va MO hamkorligiga bag‘ishlangan sessiyasida mintaqa uchun raqobat, energetika tarmoqlari, muhim xomashyo va loyihalar sifati haqida so‘z yuritildi. Asosiy xulosa shuki, Yevropa tezroq bayonotlardan investitsiyalarga o‘tishi, mintaqa esa pulni ishonib topshirish mumkin bo‘lgan loyihalarni tayyorlashi kerak. gazeta.uz »

2026-6-20 13:47

O‘zbekiston pensiya tizimini yaratishda Yevropa xatolarini takrorlamasligi kerak — YeTTB

O‘zbekiston sug‘urta sohasi, pensiya jamg‘armalari va kapital bozorlarini rivojlantirishi zarur, deb ta’kidladi YeTTB vakili Fransis Malij. Unga ko‘ra, yirik investorlar odatda xorijiy boshqaruvchilar hisobiga bozor yaratishga urinilayotgan joyga emas, balki jonli bozor allaqachon mavjud bo‘lgan joyga keladi. gazeta.uz »

2026-6-17 14:07

O‘zbekiston Albaniyaning Durres porti orqali Janubiy Yevropa bozorlariga chiqish imkoniyatini o‘rganadi

O‘zbekiston mahsulotlarini Janubiy Yevropa va O‘rta yer dengizi bozorlariga chiqarishda logistika habi sifatida Albaniyaning Durres portidan foydalanish imkoniyatlari o‘rganiladi. Ikki davlat rahbari agrosanoat majmui, “yashil” energetika, geologiya, axborot texnologiyalari va turizm sohalarini muhokama qildi. gazeta.uz »

2026-6-16 12:14

Respublika pediatriya markazi bolalar kasalliklarini tashxislash va davolashning Yevropa protokollarini joriy etadi

O‘zbekistonda bolalar kasalliklarini tashxislash va davolashning Yevropa klinik protokollarini joriy etish rejalashtirilmoqda. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Vena tibbiyot universiteti bunday imkoniyatlarni taqdim etuvchi memorandumni imzoladi. gazeta.uz »

2026-5-22 23:42

“Biz umumiy qadriyatlarga ishonamiz va ko‘priklar quryapmiz”. Toshkentda Yevropa Ittifoqi festivali qanday o‘tdi?

Yevropa kuniga bag‘ishlangan festival Toshkentda o‘nta davlat elchixonalari va hamkor tashkilotlarni jamladi. Mehmonlar madaniy pavilonlar, ta’lim imkoniyatlari va YeIning O‘zbekistondagi loyihalari, jumladan, Erasmus+, investitsiyalar va fuqarolik jamiyati tashabbuslari bilan tanishdi. Gazeta reportaji. gazeta.uz »

2026-5-4 12:15

Yevropa va AQShdan pul o‘tkazmalari hajmi oshib bormoqda, migratsiya geografiyasi esa kengaymoqda — Markaziy bank

Rivojlangan mamlakatlar va bir qator Osiyo davlatlarida ishlayotgan o‘zbekistonliklarning pul o‘tkazmalari hajmi qariyb 22 foizga ko‘payib, 3,49 mlrd dollarni tashkil etdi. Markaziy bank migratsiya geografiyasining kengayib borayotgani va rivojlangan mamlakatlarning roli ortib borayotganini ta’kidlamoqda. gazeta.uz »

2026-3-18 15:23

Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi ayollarning deyarli 70 foizi tug‘uruq paytida qo‘pol munosabatga duch kelgan — BMT

Sharqiy Yevropa va MO davlatlaridagi ayollarning deyarli 70 foizi tug‘uruq jarayonida qo‘pol munosabatga duch kelgan. YUNFPA hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi so‘rovnoma ishtirokchilarining uchdan ikki qismi madaniy va ijtimoiy normalar sababli “akusherlik zo‘ravonligi” atamasini bilmaydi. gazeta.uz »

2026-3-13 15:56

Tramp Yevropa davlatlariga qarshi bojlarni bekor qilib, Grenlandiya bo‘yicha kelishuvni e’lon qildi

AQSh prezidenti Grenlandiyani nazorat qilish mojarosi tufayli Yevropa davlatlariga qarshi amalga oshirmoqchi bo‘lgan qo‘shimcha bojlar rejasidan voz kechdi. NATO bosh kotibi bilan uchrashuvdan so‘ng Tramp kelishuv shartlarini kelishib olganini va bu AQShga “o‘zi xohlagan hamma narsani” berishini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2026-1-23 21:43

Yevropa davlatlari Trampning tahdidlari fonida Grenlandiyaga o‘z harbiylarini yubormoqda

Germaniya, Shvetsiya, Fransiya va Norvegiya Trampning orolni bosib olish bilan tahdidlari fonida Daniya bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun o‘z harbiylarini Grenlandiyaga yubormoqda. AQSh prezidenti esa ularga Grenlandiya “milliy xavfsizlik” uchun kerakligini ta’kidlashda davom etmoqda. gazeta.uz »

2026-1-15 19:29

Ukrainada saylov o‘tkazish “vaqti keldi”, Yevropa zaif, Nikolas Maduroning kunlari esa sanoqli. Trampning intervyusidan asosiy fikrlar

Donald Tramp Politico nashriga intervyusida Rossiya Ukrainaga qaraganda kuchliroq pozitsiyada ekanini aytib, Yevropaning immigratsiya siyosatini falokat deb atadi. U, shuningdek, Venesuelaga bostirib kirishini istisno etmadi va Nikolas Maduroning “kunlari sanoqli” qolganini bildirdi. gazeta.uz »

2025-12-10 03:43

Toshkentda Yevropa uslubidagi ko‘cha paydo bo‘ldi. Muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz yechimlar (va ularni qanday qilib osongina tuzatish mumkin?)

Toshkentdagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasi keng ko‘lamli rekonstruksiyadan so‘ng sayr qilish va hordiq chiqarish uchun yanada yashil va qulay bo‘ldi. Bu yerda to‘liq to‘siqsiz muhit yaratildi, tartibsiz to‘xtash joylari esa o‘tmishda qoldi. gazeta.uz »

2025-10-10 18:25

Korrupsiyaga qarshi kurashishda Yevropa amaliyotlari O‘zbekistonda joriy etilishi mumkin

O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Litva maxsus tergov xizmati korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashda hamkorlik memorandumini imzoladi. O‘zbekistonlik komplayens-mutaxassislar Latviyada manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va ochiqlikni ta’minlashga oid treninglarda qatnashdi. gazeta.uz »

2025-7-17 14:24

O‘zbekistonda joylashgan yana bir kompaniya Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uchradi

O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan Trade Engine System kompaniyasi Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi 17-sanksiyalar paketi doirasida cheklovga uchradi. 2022-yil iyul oyida tashkil etilgan kompaniya temir yo‘l, avtotransport, dengiz yoki havo orqali transportda tashishni tashkil qilish bilan shug‘ullanadi. gazeta.uz »

2025-5-21 15:29

O‘zbekiston noyabr oyida “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” iqtisodiy forumiga mezbonlik qiladi

Noyabrda O‘zbekistonda “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” iqtisodiy forumi va investorlar forumi bo‘lib o‘tadi. Yevropa Ittifoqi elchisi Toyvo Klaarning so‘zlariga ko‘ra, YeI, shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash uchun Bryusselga tashrifini kutmoqda. gazeta.uz »

2025-5-14 14:21

Shavkat Mirziyoyev Yevropa diplomatiyasi rahbari bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik bitimini muhokama qildi

Prezident Yevrokomissiya vitse-prezidenti Kaya Kallas boshchiligidagi YeI delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvda Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik bitimi, O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi, savdo-logistika, “yashil” energetika va transport yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. gazeta.uz »

2025-3-28 19:35

Shavkat Mirziyoyev Yevropa diplomatiyasi rahbari bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik bitimini muhokama qildi

Prezident Yevrokomissiya vitse-prezidenti Kaya Kallas boshchiligidagi YI delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvda Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik bitimi, O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi, savdo-logistika, “yashil” energetika va transport yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. gazeta.uz »

2025-3-27 19:35